Boltayeva Mahfuza Shukrulla qizi


Download 0.52 Mb.
bet15/22
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1501605
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Jondor shevasi oxirgi МД

Sheva

Adabiy til

Izoh

Sumsuk

daydi

Bir joyda qoʻnim topmaydigan; darbadar (odam haqida).

Muplis,suplik

iflos

Odobdan tashqari; yaramas, yomon.

Kallabudum, budumkalla

kallavaram

Aql bilan emas, oʻylamasdan, pala-partish ish qiladigan (shaxs).

Chalpak




O‘zbek adabiy tilimizda chalpak so‘zi yegulik bo‘lsada Jondor shevasida ushbu so‘z so‘kinch so‘z hisoblanadi.

Sharruxtalab




Bir joyda qoʻnim topmaydigan,daydi odamga nisbatan qoʻllanadi.

Gʻundi

kamgap

Kam gapiradigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Tirrancha

yaramas

Axloq-odob, qoida, tartib meʼyorlariga toʻgʻri kelmaydigan; boʻlmagʻur. Shunday xulq, xislatga ega boʻlgan shaxsga nisbatan haqorat uchun qoʻllanadi.

Manak, majji,chakag

sergap

Ko‘p gapiradigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Po‘qqa,bo‘lqa

semiz

Vazndor; yogʻ bosgan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

So‘taqo‘zi




Qiliqlari o‘ziga yarashmaydigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

G‘urmagaz




Fors.magaz-chivin. Chivinning g‘urillashiga nisbat qilib olingan. Bir narsani qayta-qayta takrorlab bezor qiladigan kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Jilli

jinni

Aqldan ozgan, ruhiy kasallikka yoʻliqqan; telba.

Jiltoqi




Bir joyda qoʻnim topmaydigan,daydi odamga nisbatan qoʻllanadi.

Tirmizak




Kichkina bolalarga nisbatan ishlatiladigan so‘kinch so‘z.

Murdor




Dangasa kishilarga nisbatan qoʻllaniladi.

Qaratappi




Oftobda kuygan qora odamga nisbatan ishlatiladi.

6. Hayvon va hashorat nomlari.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Gechchi

echki

Quvur shoxlilar oilasiga mansub hayvon.

Uloq(cha)

echki bolasi

Echkining yangi tug‘ilgan bolasi.

Inak

sigir

Buzoqlagan urgʻochi qoramol.

ho‘jak,vo‘jak




Sigirning bolasi.

Go‘sala




Sigirning yangi tug‘ilgan bolasi.

Sarka




Echkini bolasi

Pishak

mushuk

mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi.

Kuchuk

it

Uy hayvoniga nisbatan qoʻllaniladi.

Mo‘rcha,qarinja

chumoli

Oila, to‘da bo‘lib bir uyada yashaydigan kichkina hasharot; qumursqa.

Jinchakori




Arining bir turi.

Tortanak

o‘rgimchak

O‘ziga ovqat bo‘ladigan hasharotlarni tutish uchun to‘r to‘qiydigan bo‘gʻimoyoqli yirtqich hasharot.

Gavrajuvon




Hasharot turi(yashil rangli,o‘simliklar orasida uchraydi).

7. Meva va sabzavot nomlari

Sheva

Adabiy til

Izoh

Zaldori

o‘rik

Guli oq va pushti, mevasi esa oqish, sargʻish, qizgʻish ranglarda bo‘ladigan yirik daraxt.

Gʻo‘lin

turshak

O‘rikning danagi bilan quritilgani.

Kadi

qovoq

Palak otib o‘sadigan, shapaloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli, bir yoki ko‘p yillik poliz o‘simligi va uning turli shakllarda bo‘ladigan yirik hosili.

Qaroli

olcha

Raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti.

Gurkori




gul bilan bezatilgan

Qariqiz




Ko‘k, yuzi bujmaygan qovun turi.

Boyimjon

baqlajon

Sabzavot turlaridan biri.

Zomicha

handalak

Qovunning yumaloq, maydaroq, xushbo‘y, eti yumshoq, ertaroq yetiladigan bir turi.

Oli-boli

olcha

1.Raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti.
2.Shu daraxtning yumaloq nordon mevasi.

Qorajanjol




Uzumning bir turi

8.O‘simlik nomlari.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Tikon

yantoq

Cho‘llarda o‘sadigan, dukkaklilarga mansub, tikanli ko‘p yillik begona o‘t.
Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zadi. Maqol

Ush

tok

Uzum oʻsimligi

Hulbo‘y




Ariqning chekka qismida o‘sadigan xushbo‘y gul turi.

Tolor,ush

tok

Uzum o‘simligi.

Qamoq




Dala yerlarida o‘sadigan yovvoyi o‘t.

Ko‘ko‘t

Beda

Dukkakdoshlar oilasiga mansub, bir va koʻp yillik oʻsimlik. Supa, chorpoya atroflarida yangi oʻrilgan beda hidi gupurib anqidi.S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

Olak




Dala yerlarida o‘sadigan o‘t. Xalq tabobatida sifobaxsh o‘simlik sanaladi.

Ajgʻish

zarpechak

O‘simliklar tanasiga chirmashib, ularning hisobiga yashaydigan bargsiz, ingichka yovvoyi sariq o‘simlik.

Sazoq

Saksavul

Sho‘radoshlar oilasiga mansub, Markaziy Osiyoning sho‘rxok va qumli cho‘llarida o‘sadigan, bargi yaxshi rivojlanmagan buta yoki daraxt va uning yonilgʻi sifatida ishlatiladigan yogʻochi.

Sutloq




Tanasida oq sutdek suyuqligi mavjud bo‘lgan o‘simlik turi.

Bangi devona




Mevasi dumaloq shaklli, tikanakli yovvoyi o‘simlik.

9. Kiyim-kechak nomlari.



Sheva

Adabiy til

Izoh

Ichik,ichakcha

nimcha,
mursak

Ayollar kiyadigan yengi kalta ustki milliy,yengsiz va paxtali qo‘lda qavilgan kiyim.

Nepa,nefa




Ayollar lozimining yuqori qismiga qo‘shiladigan mato.

Jilob

paypoq

To‘piq,boldir yoki songacha berkitadigan junli,matoli oyoq kiyim.

Shitiliq,slansi

shippak

Odatda yozda kiyiladigan, shuningdek, uyda oyoqqa ilib yuriladigan yengil oyoq kiyimi; sandal.

Mo‘kki




Qalin va paypoqdan kaltaroq bo‘lgan junli,matoli oyoq kiyim.

10.Qarindosh-urugʻchilikka mansub so‘zlar.

Sheva

Adabiy til

Izoh

Yangamullo

kelinoyi

1.Akaning xotini (uka va singilga nisbatan);
2. Yoshi oʻziga nisbatan katta boʻlgan ayolga (oʻzga ayolga) nisbatan qoʻllanadi.

Bova

bobo

1.Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan).
2. Yoshi oʻziga nisbatan ancha katta boʻlgan cholga (oʻzga cholga) nisbatan qoʻllanadi.

Moma,biyi,
bibi

buvi

1.Otaning yoki onaning onasi (nabiraga nisbatan).
2. Yoshi oʻziga nisbatan ancha katta boʻlgan kampirga (oʻzga kampirga) nisbatan qoʻllanadi.

Amakmullo,bovamlo,
Bovamullo,bova

qaynota

Erning otasi uning xotiniga nisbatan va xotinning otasi uning eriga nisbatan).



Dommot,do‘mmot

kuyov

Qizning eri (qizning ota-onasi, aka va opasiga nisbatan).

Opocho

opa

Yoshi oʻziga nisbatan katta boʻlgan ayolga nisbatan qoʻllanadi.

Ambacha

amma

Otaning opasi yoki singlisi (jiyanlarga nisbatan).

Yangacha

kelinoyi

1.Akaning xotini (uka yoki singilga nisbatan);
2. Yangi kelgan kelinga nisbatan qo‘shni va qarindoshlarning chaqiruvi

Oyjon,oyijon

qaynona

Erning onasi uning xotiniga nisbatan va xotinning onasi uning eriga nisbatan).

Yazna

pochcha

Opaning eri.

Doyi

tog‘a

Ayolning aka-ukalari (uning bolalariga nisbatan).

Nana

Ona

Farzandi yoki farzandlari bo‘lgan xotin (o‘z tugʻgan farzandlariga nisbatan).

Apa

Opa

bir ota-onadan tugʻilgan farzandlar ichida o‘zidan kichiklarga (ukalarga, singillarga) nisbatan katta qiz.

Qudobiyi




Ayol qudaga nisbatan qo‘llanilad.i

Qudobova




Erkak qudaga nisbatan qo‘llaniladi.

Xesh

qarindosh

Bir avlod-ajdodga mansub bo‘lgan kishilar, ota va ona tomonidan bo‘lgan shaxslar (biri boshqasiga nisbatan).

Qaynapa,apamullo,
apamlo




Erning opasi(xotiniga nisbatan).

Qaynaka,akamlo,
akamullo




Erning akasi(xotiniga nisbatan).

Qaynuka,ukamullo,
ukamlo




Erning ukasi(xotiniga nisbatan).

Ambamlo,
ambamullo




Erning ammasi(xotiniga nisbatan).

Xolamlo,xolamullo




Erning xolasi(xotiniga nisbatan).

Oyamullo,oyamlo










Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling