11. Dehqonchilikka oid so‘zlar.
Sheva
|
Adabiy til
|
Izoh
|
Kachkort
|
|
Turli boshoqli ekinlar, beda, pichan va oʻtlarni qoʻlda oʻrish uchun ishlatiladigan oʻtkir tigʻli,o‘roqqa o‘xshash mehnat qurollaridan biri.
|
Chorshoxa
|
|
Odatda to‘rtta sanchigʻi bo‘lgan o‘tin,xashak kabilarni olish, surish uchun ishlatiladigan uzun sopli asbob.
|
Tokbur,uchqaychi
|
|
Uzumni xomtok qilishda ishlatiladigan asbob. Adabiy tilda esa “tokbur” so‘zi uzumni xomtok qiluvchi bog‘bon sifatida ishlatiladi.
|
Ko‘najo‘sh
|
|
Sog‘imi eskirgan sigirga nisbatan aytiladi.
|
Xashxashak,
xasxashak
|
xaskash
|
Xashak, xas-cho‘p va shu kabilarni yigʻish, to‘plash, shuningdek, chopilgan yer tuprogʻini maydalab tekislash uchun ishlatiladigan, uzun dastali, ko‘p tishli qishloq xo‘jalik quroli.
|
Tavarcha
|
bolta
|
Biror narsani (yogʻochni, goʻshtni va shu kabilarni) chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tigʻi dastasiga parallel metall asbob.
|
Bel
|
belkurak
|
Dala yerlarini ag‘darishda ishlatiladigan ro‘zg‘or anjomi. Ish qancha ogʻir boʻlmasin, bari bir ketmon, belkurak asosiy ish quroli boʻlib qoladi.S. Ahmad, Ufq
|
Katmon,ketman
|
ketmon
|
Yuzi katta, orqa tomonida dasta suqib qo‘yadigan zo‘gʻatasi bor, yer chopish, loy qilish va boshqa ishlarda ishlatiladigan dastaki asbob.
|
12.Rang-tus nomlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |