O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI OZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“ IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI
“RAQAMLI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: TOTAL COMMANDER MALUMOTLAR OMBORI
Topshirdi: 924-20 guruh talabasi Mamarasulov.M
Qabul qildi: A.Abdukarimov
Jizzax 2022 yil
REJA:
1.Fayllar va papkalar (kataloglar) ustida ba`zi amallar bajarish.
2.Total Commander panеllarini boshqarish
3.Panеldagi fayl va papkalar (kataloglar) ro`yxati bilan ishlash.
4.Funktsional tugmachalardan foydalanish.
5.Total Commander matn muharririda ishlash.
Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni - qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, o`chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqol bajaradi.
Total Commander turli funktsiyalarni bajaradi, xususan
Diskdagi kataloglar ro`yxatini yaqqol ko`rsatadi.
Diskdagi kataloglar daraxtini ko`rsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o`chirish imkoniyatlariga ega.
Fayllar ustida nusxa ko`chirish, qayta nomlash, joyni o`zgartirish va o`chirish komandalarini qulayroq bajaradi.
Turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, ma`lumotlar bazasi matnlarini ko`rish, matnli fayllarni tahrirlash imkoniga ega.
Total Commander (Windows Commander) dasturi WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlash uchun еng ommaviy dastur - qobiqlardan biridir, u Windows tizimida foydalanuvchi disklarni va disklardagi ma`lumotlarni, papkalarni (kataloglarni) ko`radi, fayllarni o`chiradilar, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |