Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
seriallar, qo‘shiqlar, teleko‘rsatuvlar v. x. k Hech qachon oilaviy muammolar,
shaxsiy xayotdagi kelishmovchiliklar, o‘zi tushunmagan va ma’lumotga ega bo‘lmagan tor mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz. - Barcha hursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi, qo‘rqinchli voqealar, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarni kayfiyatini tushirib yuboradi. - Bemorni ko‘rgani borganda o‘lim haqida, uning kasal tarixi, mayda-chuyda jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning o‘rniga yolg‘on bo‘lsa ham ko‘rinishini yaxshiligi, albatta yaxshi bo‘lib ketishi mumkinli haqida suhbat qurish lozim. - Dasturxon atrofida ishtahani bo‘g‘uvchi mavzular xaqida gapirilmaydi. Ovqatni yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha, uni 69 tayyorlagan insonni ko‘nglini ko‘tarish lozim. Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda yolg‘on ishlatmaydi, uni g‘iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to‘satdan kirib qolgan mavzu «qahramoniga», ko‘pchilik ta’sirida miyg‘ida qo‘lib, sinchkov nigoh bilan piching hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor beradi. Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham bog‘liq. Tinglash faqat eshitib o‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq bayon qilib beruvchi insonga aytiladi. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda o‘zr so‘rab, M: Kechirasiz, menimcha shu fikringiz., Yoki Fikringizni bo‘lganim uchun o‘zr so‘rayman, menimcha. .degan iboralarni qo‘llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu iboralarning egasi suhbatdoshiga so‘zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta yoshlar bilan kattalar o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi. Shunday paytlarda yoshlar o‘zlarini fikrlarini yoqlamasdan xo‘p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari kattalarni dilini og‘ritib qo‘yishdan asraydi. Muomalada gapning ohangi har xil bo‘lishi mumkin. Bular: takabburlik bilan, sovuq, o‘ziga qaratgan xolda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya’ni monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‘lib, qiziqarli ma’lumotni ham xazm qilish qiyin bo‘ladi. Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu insonning manerasi, ya’ni xatti–harakatining ohang bilan uyg‘unligi. Bularga qomatni tutishi, qo‘l harakati, yuzdagi imo-ishoralar kirib ketadi. Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga – ko‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni qanday tutishimizga bog‘liqdir. Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda kerakli bo‘lgan narsalarni: hujjatlar, dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur 70 bo‘lgan mayda-chuyda narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olganingiz ma’qul. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o‘zimizga razm solib, so‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‘tarib, uyda tashqarida o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko‘chada o‘zini tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‘zini noqulay va noxush sezishiga sabab bo‘lmasligidir. Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‘lishi shart, ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda «Kechirasiz, hazillarga Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling