Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Shirinsuxanlik ham katta san’at. Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va 
qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala 
madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, 
suyaksiz bo‘lsa ham “suyakka tegishi”mumkin.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, 
an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, 
u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib 
turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq 
vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati – 
muomalaning muhim jihatlarini tashqil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini, eng 
avvalo, shirinsuhanliq kamsuqumliq bosiqliq hushfe’llilik singari axloqiy 
me’yorlarda namoyon qiladi. 
Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning 
nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga 
chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, 
suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketishi yoki fikrini bo‘lib, 
qo‘pol muomalada bo‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshni fikrini 
noto‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson “Menimcha 
adashdingiz?” “O‘zr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning 


74 
fikringizga qo‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech qachon 
“umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh 
bola ham biladi” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.
Gapirayotgan insonni fikrini bo‘lib, “Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz 
ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.
Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug‘ombirlikdan va qalbaki 
tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday 
mug‘ombirlik va soxta tortinchoqlikdan xoli bo‘lishi kerak
Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashqil qilgan.
Suhbat – bu insonlar o‘rtasidagi fikrlar almanishuvi bo‘lib, u aqllilik va chiroyli 
so‘zlashdan ibora bo‘la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap boshlashni 
bilishmaydi, gapirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p keraksiz so‘zlarni, 
ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki 
ularning nutqi umuman yo‘q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk so‘zlardan iborat.
Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, o‘zi 
qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffo‘zi yaxshi bo‘lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, 
eng mazmundor suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, 
hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak
Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin gapirish esa 
kishining sabr-kosasini to‘lib toshiradi. Talaffo‘z etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in va 
ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uni bo‘zilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Horijiy 
so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffo‘z eta oladigan kishi
zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.
Ovoz, ohang. Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va 
so‘zning grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya 
muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks 
ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang 
ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning 
tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik 


75 
ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta 
so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir 
etishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomo‘z ohang kishini 
ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda 
og‘ir yoki engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman 
tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish 
imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir.
Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu 
bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni onglangan tarzda ham onglanmagan tarzda ham 
tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson o‘z ohangini o‘zgartirish imkoniga 
ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat qiladigan bo‘lsangiz, qachondir siz 
o‘z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz yo‘qmi buni bilib olasiz. Agar 
ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga 
yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi eshitishdayoq ko‘pchilik o‘z ohangini hayrat 
bilan tanib qolishadi.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis 
ohangdir, baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz 
boshqalarga 
yoqmasa, 
hayotingizdagi 
tutgan 
o‘rningizga ohangni mos 
kelmaganidan bo‘lishi mumkin. ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa 
nutqdagi qusurlar ham to‘g‘irlansa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat 
ohangning 
nafisligi 
etmaydi. 
Dunyoqarashning 
boyligi 
nutqni 
yanada 
go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga 
nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi.Buyuk Mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling