Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 - mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
Ritorika

5 - mavzu. Ritorikaning mazmuni va tuzilishi 
Reja 
1. Nutqdagi birinchi ma’lumot. 
2. Nutqda ikkinchi darajadagi ma’lumot. 
3. Nutqda muammoli vaziyatlardan foydalanish. 
4. Mantiqiy fikrlash usullari 
5. Fikrlashning asosiy formalari 


61 
6. Suhbat, murojaat. 
7. Baxslashish qoidalari 
8. Talaffuz, muhokama, munozara, tabrik nutqi. 
Xar qanday nutq birinchi navbatda ma’lumot berishi lozim. Ma’lumotning 
asosiy xususiyati shundan iboratki u aniq bo‘lishi lozim. Birinchi ma’lumot ijtimoiy 
hayotdan olinadi agar u aniq faktlarga asoslangan bo‘lmasa notiqning 
obro‘sizlanishiga olib keladi. Xar bir ma’lumotga jiddiy va ilmiy yondoshuv talab 
qilinadi. Bugungi kunda televidenie, radio, internet hamda gazeta va jurnallar orqali 
ma’lumotlar tez etib kelmoqda.
Zamonaviy notiqlik san’atidagi muammo - ma’lumotlarni to‘g‘ri ajrata bilish. 
Notiq qaerdan va qanday ma’lumotni olishi uning nutqini qurilishining asosiy 
poydevori bo‘lib xizmat qiladi. 
Nutqdagi birinchi ma’lumotni ochib berish uchun keltiriladigan siyosiy, ilmiy, 
axloqiy, ma’naviy, ruhiy taxlillar orqali u ikkinchi darajadagi ma’lumotga aylanadi. 
Ya’ni birinchi ma’lumot barcha uchun tushunarli bo‘ladi, u yangi sifat bosqichiga 
ko‘tariladi, ma’lumotni ma’nosi, xaqiqatligi isbotlanadi. Nutq ma’nosi asosini - 
xaqiqat tashkil qiladi. Go‘zal so‘zlardan tashkil topgan so‘zlar yig‘indisi bilan 
insonlarni aldab bo‘lmaydi. 
Notiq nutqning ravonligi, ma’noli go‘zal nutqi bergan ma’lumotlarining 
yangiligini, badiiy asarga o‘xshatish mumkin. 
Birinchi ma’lumotni, ikkinchi ma’lumotga aylantirdik. Endi bu ma’lumotni 
ochib berish uchun muammoli vaziyatlardan foydalanish lozim. Auditoriyaga 
ijtimoiy xayotdagi xolatlardan kelib chiqib, masalani o‘rtaga tashlash kerak - shunda 
muammo yuzaga keladi. Shu muammoni xal qilish uchun xar - hil muammoli 
vaziyatlarni sharxlab isbotlash kerak bo‘ladi. Demak berilgan birinchi ma’lumotni 
xaqiqatga yoki sarobga aylantirish notiqning san’atiga, bilimiga, maxoratiga bog‘liq. 
Nutqda xar bir fikr mantiqan asoslangan taqdirdagina, uning ta’sirchanligi 
kuchli bo‘ladi. Mantiq - fani grekcha "logos" so‘zidan olingan bo‘lib, nutq, fikr, o‘y 
demakdir. U- fikrlash qonunlari, shakllari va usullarini o‘rgatuvchi fandir. Aniqlik, 
izchillilik va dalillilik – to‘g‘ri fikr yuritishning zaruriy xususiyatidir. 


62 
Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir - biriga izchil suratda 
bog‘langan bo‘lishi lozim, fikr yurgizayotgan mavzudan chetga chiqmaslik zarur, 
mazmunida mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, dudmal gaplar bo‘lmasligi kerak. 
Xukmlar va xulosalar asosli bo‘lmog‘i lozim, yo‘ksa, ular ishonarli bo‘lmay qoladi. 
Mantiqiy fikrlash usullari bular: - solishtirish, analiz, sintez, abstraqlash va 
umumlashtirish. 
Solishtirish shunday bir mantiqiy usuldirki, bu usul vositasi bilan ob’ektni 
olamdagi predmetlar va voqealarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi 
aniqlab olinadi. Solishtirish ya’ni taqqoslash natijalarining to‘g‘riligini belgilaydigan 
zaruriy shartlar quyidagilar: 
1. Bir-biri bilan xaqiqatdan real tarzda bog‘lanishi bo‘lgan buyumlarni taqqoslash 
kerak. 
2. Taqqoslashning to‘g‘riligini isbotlash solishtirishlikka nimani asos qilib 
olishlikka bog‘liq. 
3. Ikki yoki bir necha buyumni bir belgi asosida olib, ayni bir nisbatda taqqoslash 
kerak. 
4. Xar qanday solishtirish daf’atan duch kelgan belgilarga qarab emas, balki 
taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyati bo‘lgan belgilarga qarab 
qilinmog‘i lozim. 
 
Analiz - shunday bir mantiqiy usuldirni, uning yordami bilan biz buyumlarni, 
hodisalarni fikran qismlarga bo‘lib, ularning ayrim qismlarini, belgilarini, 
xususiyatlarini ajratamiz. 
 
Sintez - shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet va hodisaning analiz bilan 
bo‘lingan ayrim qismlarini shu usul yordami bilan fikran birlashtirib, bir butun xolga 
keltirish mumkin. Analiz va sintez bir - biri bilan chambarchas bog‘liq xolda olib 
boriladi. Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni 
muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraksiyalash va 
umumlashtirish usuli qo‘l keladi. 
 
Abstraksiyalash – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan predmet 
va voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmetlar, 


63 
voqealarning ikkinchi darajali va ahamiyati kam xususiyatlardan chet lashtiriladi. 
 
Umumlashtirish – shunday bir mantiqiy usuldirni, bu usul yordami bilan biz 
jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. M: Xayvon, 
inson sut emizuvchi kabi tushunchalar umumiylik asosida vujudga kelgan. 
Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan 
taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi. 
Fikrlashning asosiy formalari - tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardan 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling