Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
doimo kuchsiz dalilni kuchli dalilga aylantirishni Yani biror bir narsani tasdiqlash
Yoki rad etish maqsadida xoxlagan narsani olib isbotlashdsh iborat deb o‘rgatardi. Shu o‘rinda Protogorning fikriga quloq tutsak: “Hamma narsaning o‘lchovi insondir.” Men narsalarni qanday tasavvur qilsam u shunday, u qanday tasavvur qilsa narsalar u tasavvur qilganday. Bitta shamol ikki marta esmaydi lekin shu shamolda kimdir sovuq qotsa kimdir sovuq qotmaydi. Kimdir ko‘proq sovuq qotsa, kimdir unchalik darajada sovuq qotmaydi. Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘iladi: shamol o‘z holicha sovuqmi? yoki nimagadir nisbatan olganda sovuqmi? Bu savolga javob berish bilan yuqoridagi fikrlarni inkor qilish mumkin. Agar biz shamol o‘z holicha sovuq deydigan bo‘lsak unda u hammaning tasavvuriga bog‘liq bo‘lmagan bo‘ladi. Agar biz nisbatan sovuq deydigan bo‘lsak ham xato bo‘ladi. Chunki shu shamol kimgadir issiq tuyulishi mumkin 1 . Umuman Protogor o‘z davrining yirik notiqlardan biri bo‘lib, u notiqlik san’atiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning sofizmlari xozir ham mantiqda o‘z ahamiyatiga ega. Tantanali notiqlikning eng yorqin vakillaridan biri Gorgiyning Shogirdi Isokrat (eramizdan avvalgi. 436-338 y.y) bo‘lib, Afinada ritorika maktabiga asos solgan. 1 Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109 21 Aytish lozimki, bu maktabda ritorika faqat notiqlik san’atiga o‘rgatuvchi fan bo‘libgina qolmay, balki haqiqatni anglash va tarqatish vositasi vazifasini o‘tagan. Isokrat o‘zi nutq so‘zlamagan, balki notiqlikdan saboq bergan va Yunoniston bo‘ylab tarqatilgan nutqlarni yozgan. Isokrat uslubi o‘z hashamdorligi bilan ajralib turadi. U nutqning ohangiga, chiroyli Shakliga alohida e’tibor qaratadi. Isokrat maktabining tajribasi IV asrdagi ommaviy notiqlikka katta ta’sir o‘tkazdi. Bu davrda notiqlar ijtimoiy hayotda yetakchi o‘rinni egalladi. Notiq xalq yig‘inlarida nutq so‘zlar, o‘z qaror loyihalarini muhokamaga qo‘yar va shu tariqa davlat (polis)ning siyosiy yo‘lini belgilab berardi. Davlatni boshqarish ana shunday siyosiy arboblar – “demagoglar” (xalq sardorlari) qo‘liga o‘tdi. Notiqlik san’atini yana ham yuksak bosqichga ko‘targan Buyuk zotlardan biri Demosfendir. Demosfen (eramizdan avvalgi 384 - 322) Afina shahrida badavlat xonadonda dunyoga kelgan. Biroq etti - sakkiz yoshlarida otasi vafot etadi. Uning bor mol -mulki unga va besh yoshli singlisiga qoldiriladi. Demosfenning ta’lim - tarbiyasi onasi va vasiylar ko‘lida qoladi. Vasiylar va uning tog‘alari juda noinsof insonlar bo‘lib, ular bolalarning o‘qishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi. U juda nimjon bo‘lib o‘sadi va balog‘atga etganda otasidan qolgan mol - mulkdan hech narsa qolmaydi. Demosfen merosni qaytarib olish maqsadida notiqlik san’atini o‘rganishga kirishadi. U notiqlik san’atini o‘rganish uchun o‘z davrining meros ishlari bo‘yicha advokati Isey maktabida ta’lim oldi. Dars olishning dastlabki yillarini yo tamoman yolg‘izlikda yoxud birgina muallim nazorati ostida mashq qilib o‘tkazdi. Yosh notiqning birinchi nutqi kulgili xolda, to‘palon, kulgi, kiyqiriq, xushtak chalib, masxaralash bilan qarshi olinadi. U o‘z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo‘ladi. Demosfenning nutqini bunday kutib olinishi tabiiy xol edi. Unda jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va nutqi yomon bo‘lgan, "R" xarfini talaffuz etolmas, g‘uldirab mujmal gapirar edi.kifti asabiy ravishda titrab turgan, Demosfen o‘z nutqining kamchiliklarini boshqa takrorlamaslik uchun noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta - qayta mashq qila boshladi. Demosfen ovozini o‘stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg‘og‘ida nutq so‘zlardi va to‘lqin 22 shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun shiftga qilichni shunday ildiradiki, uning o‘tkir uchi kiftga Yaqin turadi va kifti titragudek bo‘lsa, qilichning uchi tegib og‘ritardi. Shu yo‘sinda olib borilgan uzluksiz mashqlar Demosfenga jismoniy kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon bergan. Nihoyat bunga erishadi. U hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamagan, xar doim yozilgan nutqni oldindan yodlab olar edi. Uning maxoratiga, irodasiga xatto dushmanlari ham tan berishgan. Demosfen o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan opponentlarining jamoatda chechanlik bilan qilingan qochiriqlariga nisbatan ta’sirchanligini his qilagani bois, shunday chiqish usulini ishlab chiqdiki, unda xozirjavob aytishuvga deyarli o‘rin qolmasdi. Raqiblarining qiyqiriqlari va tanbexlari bepisandlikka uchrar yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan matnlar bilan yo‘qqa chiqarilardi. Demosfen o‘zining nutqlarida jamoat chiqishida asosan odamlarning ruhiyati, ularning ixtiyori va hissiyotiga tasir qilishga kuch berar edi. Bunday ta’sir Demosfen ovozining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilgani, jo‘shqin va jumboqli iboralar bilan zo‘r berib ishlangan nutqning matni orqali amalga oshirilar edi. A’lo darajada ishlangan mimika va xatti - harakat bilan uygun xar bir ibora bosqichma - bosqich omma ruhiyatini notiqqa kerak bo‘lgan tarafga shunday yunantirilgan ediki, xatto insonlarning o‘zlari ham Demosfen nutqining tasiri ostida garchi avvalida notiqning g‘oyalariga qarshi kayfiyatda bo‘lsalarda, bilmagan xolda uning tarafiga o‘tib qolgan paytlarini sezmay qolardilar. "Notiqlikning darajasi asosini nima belgilab beradi?" deb berilgan savolga Demosfen qat’iy "Birinchidan ifodalash, ikkinchidan ifodalash va uchinchidan yana ifodalash" 1 deb javob beradi. Demosfen nutqlari juda ham jo‘shqin va shiddatkorligidan, dushmanlari uni «yovvoyi hayvon» deb atashardi. U nutq so‘zlashda maksimal ifodalilikka erishishga harakat qilardi. 30 yoshida u ilk siyosiy nutqini so‘zlaydi. Shu vaqtdan boshlab, u Afinaning qizg‘in siyosiy xayotiga kirib boradi. Ko‘p o‘tmay u siyosiy arbob darajasiga etadi. Demosfen birinchi bo‘lib, notiqlik tirbunasini dramatik estradaga aylantirdi. 1 Демосфен // Всемирная история по новейшим сочинениям профессоров Беккера, Реймонда, Лависса, Иегера, Шиллера, Кеммеля (Шпамера), Дюрюи, Костомарова, Иловайского, Соловьева и многих других. Т.1.: Древнее время. - СПб., 1902. 23 Demosfendan yaxshi, kuchli notiq uchun eng muhim omil nima? deb so‘rashganda, u "imo - ishora" deb javob beradi. Chiroyli so‘zlash san’atiga katta uslubiy hissa qo‘shgan Buyuk faylasuf Arastudir. (eramizdan avvalgi 384-322 y) Arastu o‘zining "Tonika" asarida dialektika, falsafa, mantiq fanlarining notiqlik bilan bog‘liq xususiyatlarini ko‘rsatsa, Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling