Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Sofistika – antik davrdagi aqliy oqim. Miloddan avvalgi asrlarda
Yunonistonning ko‘pgina shaharlarida zodagonlar xukmronligi o‘rnatildi. Quldorlik demokratiyasi o‘rnatila boshlagan vaqtdan yangi saylov idoralari tashkil etila boshladi. Bu idoralar sinflar va erkin xalq partiyalari kurashida katta rol o‘ynagan. Bu tashkilotlar sud ishlarida siyosiy, diplomatik masalalarni hal etishda martabali maqomga ega notiqlik san’atini egallashda so‘z kuchi bilan raqibning savoliga javob berishni ishonarli olib borishda ham asosiy vazifani bajargan. Shu davrda siyosiy bilimlar va notiqlik san’atini targ‘ib qiluvchi ustozlar, huquqshunoslar yetishib chiqa boshladilar. Unga asos solganlar sofistlar (“donishmandlik muallimlari”) bo‘ldi. Ular shaharma-shahar yurib, ma’lum haq evaziga ma’ruza o‘qishar va asosan tinglovchilarga nutq tuzish, notiqlik sir-asrorlaridan saboq berishar edi. Antik demokratiyaning beshigi bo‘lgan Afina shahri ularning faoliyati uchun qulay 19 bo‘lgan. Shuning uchun ham ayni Afinada Ritorikarivoj topdi. Sofistlar ichida eng mashhuri bo‘lgan Abderlik Protagor insonga bo‘lgan yangicha qarashni ilgari suradi. “Inson, - deydi u, - barcha narsalarning o‘lchovidir”. Bunday qarash asosida sofistlarning asosiy nuqtai nazari shakllanadi: “har qanday narsa haqida ikki bir- biriga qarshi fikrni aytish mumkin”. Sofistlar til boyligini mohirona egallashni va kerak paytda undan foydalanishni o‘rgatardi. Sofistlar so‘z va tilning nazariy asoslarini ham ishlab chiqdilar. Ularning ilmiy izlanishlari asosida tilshunoslik fanining ikki sohasi – orfoepiya (grammatika) va ritorika (notiqlik nutqlarini tuzish haqidagi ta’limot) Shakllandi. Orfoepiya bilan asosan Protagor va Prodik shug‘ullangan bo‘lsalar, ritorikaga Gorgiy va Frisimaxlar asosiy hissalarini qo‘shdilar. Lekin o‘sha davrda fan alohida soxalarga bo‘linmagan edi. Shunga qaramay ilm ahillari siyosiy va huquqiy ishlarni bajarish usullarini o‘rganibgina qolmay, balki falsafa va dunyoqarashning umumiy masalalari bilan ham shug‘ullanganlar. Masalan Gippiy, deb yozadi Ploton kishilarni astranomiya, geometriya va musiqa san’atiga o‘rgatgan. Kritiy esa Empidoklning psixologik qarashlarini davom ettirgan. Bunday O‘qituvchilarni o‘sha davrda sofistlar deb atashgan. Dastlab "sofist" degan so‘z biror bir kasbning moxir ustasi, Ya’ni shoirlar, musiqachilar, qonunshunoslar, donishmandlarga taalluqli edi. Sofistlar yana notiqlik san’atini ham tashviqot qilib kelganlar. Keyinchalik sofistlar deb o‘z so‘zlari bilan haqiqatni izlovchi kishilarni emas, balki yolg‘onni haqiqatga, mulohazani isbotlangan haqiqatga yo‘yuvchi sayoz kishilarni ayta boshlashdi. Qadimgi Gretsiya, ya’ni Afinada hurmat va e’tiborga erishish uchun siyosiy, iqtisodiy va madaniy manbalarga tayangan xolda omma ichida chiroyli so‘zlash madaniyatiga ega bo‘lish shart bo‘lib qoldi. Buning uchun esa Ritorika va chiroyli so‘zlash xususida maktablar paydo bo‘lishini davr talab qilib qoldi. Eng taniqli maktablardan biri - bu sofistlar maktabi bo‘ldi. Eng taniqli ofistlardan biri bu Protogordir. (eramizdan avvalgi 481-411yy) Protogor quyidagi falsafiy ta’limotlarni ilgari surdi: “Inson hamma narsaning mezonidir: mavjudodlarning mavjudligi, mavjud bo‘lmaganlarning nomavjudligidir.” 1 Shunga 1 Бертран Рассел, История западной философи и её связи с политическими и социальными условиями от Античности до наших дней, М., «Академический Проект», 2006 г., с.109 20 asoslangan xolda u mutafakkir davrigacha bo‘lgan ritorik maktablarning munozara – xaqiqatni izlashning hamda axloqiy tamoyillarni yoqlashning asosiy vositasidir, degan ta’limotini rad etdi. Protogor baxsda o‘z oldiga faqat yagona maqsadni ko‘yish – auditori yani notiqning xaq ekanligiga ishontirish; va shu maqsadni amalga oshirishda xar qanday yo‘ldan foydalanish lozim, deb hisoblar edi. Uni g‘oyasizlik va axloqsizlikda ayiblashganda qadimgi grek mutafakkirlari bu ayblovni quyidagicha deb bilishadi. 1. Xar qanday bilish nisbiy va vaqtinchalik ekanligi; 2. Inson ishonchining komilligi aniq xolatlarga bog‘liqligini; Insonlarning hissiy va jismoniy xolatlari “turli davrda turlicha qabul qilishdandir” degan izoxlari bilan yo‘qqa chiqaradi. Sofistlarning dastlabki maktablari Sitsiliya oroli shaharlarida yuzaga keldi. Protogor sofistlar maktabining asoschilaridan biri edi. U Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling