Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Agar martabaga etmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Agar martabaga etmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham 
sakkizta deb aytgil. 
1. So’ramagunlaricha gapirmasin. 
2. Gapirayotganida ovozini baland ko‘tarmasin. 
3. Gapirayotganida o‘ngu - so‘liga qaramasin. 
4. G‘arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin. 
5. Qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin. 
6. Pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin. 
7. Odamlar gapini bo‘lib so‘z kotmasin. 
8. Ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham, 
ammo soz gapirishni shior etsin. 
Agar qaysi til bilan so‘z so‘zlaysan deb so‘rasalar, sidqu sadoqat tili bilan, deb 
aytgil. Agar so‘zni qaysi quloq bilan eshitasan deb so‘rasalar, qabul qulog‘i bilan, 
deb aytgil. 
Agar so‘z senikimi Yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki 
va so‘z menikidir. Chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir. Daraxtni mevadan


41 
mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuksonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, 
xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil. 
Agar yaxshi so‘z qaysi, deb so‘rasalar, kishilarga naf’i tegadigan so‘z, deb aytgil. 
Yomon so‘z qaysi, deb so‘rasalar birovga zarari tegadigan so‘z deb javob bergil"
1
Koshifiyning nutqlari mazmundorligi, ta’sirchanligi, o‘ziga jalb etish quvvatini 
mujassam etganligi uchun uning texnikasini o‘rganish xozirgi davr notiqlari uchun 
ham xarakterlidir. 
Yusuf Hos Xojib XI asrning atoqli shoiri, mutafakkiri, davlat arbobidir. Uning 
qalamiga mansub "Qutabg‘u bilig" (Baxt saodatga eltuvchi bilim)asarining etginchi 
bobi "til odobi" deb ataladi. Unda shoir o‘qish va bilim olishda tilning ahamiyati, 
qisqa va mazmunli so‘zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli 
o‘gitlarni aytib o‘tadi.
 Ortiq so‘zda aslo bularmi foyda 
 Ziyondan bo‘lak yuq so‘z ortiq joyda
2
 
Yusuf Hos Xojib shoir sifatida badiiy so‘zning qimmatini, ta’sir kuchini 
aloxida ta’kidlaydi, yaxshi so‘zni xar qanday oltin va kumushdan ham qimmatliroq 
deb biladi. Uning fikricha notiq - zimmasiga mas’uliyat yuqlangan shaxsdir. 
Bu tildan qadr topar qut kishi, 
Noo‘rin esa chi yorilar boshi.
3
Inson tili tufayli baxt - saodatga erishadi, qadr topadi. Agar aksincha bo‘lsa 
Ya’ni tilga e’tiborsizlik, noo‘rin so‘zlash "boshni yoradi" insonni obro‘sizlantiradi. 
Ezgu so‘zli kishi mangu yashaydi. Shuning uchun u kishilarni so‘zgasa tilga e’tiborli 
bo‘lishga chorlaydi.
Tug‘ulgan o‘ladi, kolarmi nishon, 
So‘zing ezgu bo‘lsa, mangusan ishon
4
. 
So‘z eng johil kishilarni yumshata olish, insonlarni xayrli ishlarga chorlash 
kuchiga ega. Yusuf Hos Xojibning quyidagi fikrlari bunga yaqqol misoldir: 
1
Koshifiy "Futuvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati. Т.: А.Qodiriy nomidagi Хalq merоsi.1994. B.57-58. 
2
Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig"

Т.: “Yulduzcha”.1990. B.12 
3
O‘sha manba. B.16 
4
Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig"

Т.: “Yulduzcha”.1990. B.16


42 
Qoraboshning yovi qizil tildir, 
U qancha boshlarni edi, yana ham eydi. 
Boshim omon bo‘lsin desang tilingni extiyot kil,
Tiling istalgan bir kunda boshingni eydi.
1
So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodida so‘z, nutq, notiqlik masalalariga 
katta e’tibor berilgan. Uning nutq madaniyati, nutq odobi haqidagi fikrlari "Maxbub 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling