Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Agar martabaga etmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agar so‘z senikimi Yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir.
Agar martabaga etmaganlarning suhbat odobi nechta deb so‘rasalar, bu ham
sakkizta deb aytgil. 1. So’ramagunlaricha gapirmasin. 2. Gapirayotganida ovozini baland ko‘tarmasin. 3. Gapirayotganida o‘ngu - so‘liga qaramasin. 4. G‘arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin. 5. Qattiq gapirmasin va betga choparlik qilmasin. 6. Pushaymon bo‘lmaslik uchun o‘ylab gapirsin. 7. Odamlar gapini bo‘lib so‘z kotmasin. 8. Ko‘p gapirmasin. Chunki ko‘p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo‘lsa ham, ammo soz gapirishni shior etsin. Agar qaysi til bilan so‘z so‘zlaysan deb so‘rasalar, sidqu sadoqat tili bilan, deb aytgil. Agar so‘zni qaysi quloq bilan eshitasan deb so‘rasalar, qabul qulog‘i bilan, deb aytgil. Agar so‘z senikimi Yoki sen so‘znikimi, deb so‘rasalar, aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir. Chunki so‘z insonlik daraxtining mevasidir. Daraxtni mevadan, 41 mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi. Agar nuksonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, xudo va Rasulning so‘ziga muvofiq kelmaydigan so‘z, deb javob bergil. Agar yaxshi so‘z qaysi, deb so‘rasalar, kishilarga naf’i tegadigan so‘z, deb aytgil. Yomon so‘z qaysi, deb so‘rasalar birovga zarari tegadigan so‘z deb javob bergil" 1 Koshifiyning nutqlari mazmundorligi, ta’sirchanligi, o‘ziga jalb etish quvvatini mujassam etganligi uchun uning texnikasini o‘rganish xozirgi davr notiqlari uchun ham xarakterlidir. Yusuf Hos Xojib XI asrning atoqli shoiri, mutafakkiri, davlat arbobidir. Uning qalamiga mansub "Qutabg‘u bilig" (Baxt saodatga eltuvchi bilim)asarining etginchi bobi "til odobi" deb ataladi. Unda shoir o‘qish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli so‘zlash, tilga ortiqcha erk bermaslik va boshqalar haqida ibratli o‘gitlarni aytib o‘tadi. Ortiq so‘zda aslo bularmi foyda Ziyondan bo‘lak yuq so‘z ortiq joyda 2 Yusuf Hos Xojib shoir sifatida badiiy so‘zning qimmatini, ta’sir kuchini aloxida ta’kidlaydi, yaxshi so‘zni xar qanday oltin va kumushdan ham qimmatliroq deb biladi. Uning fikricha notiq - zimmasiga mas’uliyat yuqlangan shaxsdir. Bu tildan qadr topar qut kishi, Noo‘rin esa - chi yorilar boshi. 3 Inson tili tufayli baxt - saodatga erishadi, qadr topadi. Agar aksincha bo‘lsa Ya’ni tilga e’tiborsizlik, noo‘rin so‘zlash "boshni yoradi" insonni obro‘sizlantiradi. Ezgu so‘zli kishi mangu yashaydi. Shuning uchun u kishilarni so‘zgasa tilga e’tiborli bo‘lishga chorlaydi. Tug‘ulgan o‘ladi, kolarmi nishon, So‘zing ezgu bo‘lsa, - mangusan ishon 4 . So‘z eng johil kishilarni yumshata olish, insonlarni xayrli ishlarga chorlash kuchiga ega. Yusuf Hos Xojibning quyidagi fikrlari bunga yaqqol misoldir: 1 Koshifiy "Futuvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati. Т.: А.Qodiriy nomidagi Хalq merоsi.1994. B.57-58. 2 Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig" Т.: “Yulduzcha”.1990. B.12 3 O‘sha manba. B.16 4 Yusuf Hos Xojib. "Qutabg‘u bilig" Т.: “Yulduzcha”.1990. B.16 42 Qoraboshning yovi qizil tildir, U qancha boshlarni edi, yana ham eydi. Boshim omon bo‘lsin desang tilingni extiyot kil, Tiling istalgan bir kunda boshingni eydi. 1 So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodida so‘z, nutq, notiqlik masalalariga katta e’tibor berilgan. Uning nutq madaniyati, nutq odobi haqidagi fikrlari "Maxbub Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling