Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
Bog'liq
Ritorika

ul-kulub" asaridagi bir kecha bob nutq odobi masalalariga bag‘ishlangan: Insonining 
odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so‘zi, nutqidir... Befoyda so‘zni 
aytma va foydali so‘zni ko‘p eshiturdan kaytma.
2
  Navoiyning fikricha, voiz quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:
1. Voizning so‘zlari ta’sirchan va foydali bo‘lmog‘i lozim "Voiz kerakki, 
Qolallox so‘z aytsa " 
2. Nutq tinglovchi uchun Yangilik bilimlar va o‘zgarishlar xabarchisi bulmog‘i 
lozim. "Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasixatin qabul etgan 
maqbul kishidur" 
3. Notiqning o‘zi biror soxani egallagan bo‘lishi va undan so‘ng va’z orqali 
kishilarga ta’sir etishi lozim. "Avval bir yo‘lni bormoq kerak, Andin so‘ng elni 
boshqarmok kerak " 
4. Notiq olim va bilimdon xar narsadan xabardor kishidir. "Voizkim, bulgoy olim 
va muttaksh aning nasixatidin chiqkan shakiy " 
5. Notiqning so‘zi bilan ishi bir bo‘lmog‘i lozim. Aks xolda nutqning tasiri 
bo‘lmaydi. "Ulki buyurib, o‘zi qilmag‘ay hech kimga foyda va asar so‘zi 
qilmag‘ay"
3
 
6. Alisher Navoiy notiqlikda qisqalik va ravshanlikni yoqtiradi. Bu jixatdan 
uning "Maxbub ul qulub" asaridagi 60 - tanbexi o‘rinlidir. 
"Chin so‘z mu’tabar, Yaxshi so‘z qisqa muxtasar, kimning miyasida illat bo‘lsa – 
so‘zida mantiq bo‘lmaydi. Ko‘p deguvchi mumil, mukarrar deguvchi la’ya qil" Ya’ni 
chin so‘z e’tiborli, yaxshi so‘z qisqa bo‘ladi. Ko‘p so‘zlovchi zeriktiruvchi, qayta 
1
O‘sha manba. B.18 
2
А.Navoiy. "Махbub ul-qulub" Т.: “Fan” 1987. B. 82
3
А.Navoiy. "Махbub ul-qulub" Т.: “Fan” 1987. B. 74 


43 
gapiradigan - aqldan ozgan deb takidlaydi.
1
Navoiy so‘zning hashamdorligidan ko‘ra haqqoniyligini ulug‘laydi. 
O‘sha davrning mashxur notiqlaridan biri Mavlono Riyoziyning notiqlik 
faoliyatida nutqni harakat bilan, mimika bilan qo‘shib olib borish ustun bo‘lgan. 
Navoiying yozishicha, «Va’z aytib, minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdi xol 
qilur».
2
Navoiy tuturiqsiz gap bilan kishilarning g‘ashiga teguvchilarni aqli past, 
nosog‘lom kishilardir deb baholaydi. "Ulkim, dimog‘ida habt -so‘zida yo‘q pabm" 
Ya’ni kimning dimog‘ida illat bo‘lsa, so‘zida bog‘lanish yo‘qdir deb ta’kidlagan. 
"Dimog‘i sahih - guftori fasih" ya’ni miya sog‘lom bo‘lsa, gap so‘zi ham yoqimli va 
xatosiz bulur. "So‘zi hisobsiz, o‘zi ixtisobsiz" yoki "So‘zida parishonlik, o‘zida 
pushaymonlik"
3
 va boshqalarni keltirish mumkin. 
Navoiy ijodida suhbat va nutq odobi qoidalari qiyomiga etkazib bayon etilgan. 
Navoiy so‘zning xashamdorligidan ko‘ra, haqqoniyligini ulug‘laydi. Fikrning xalq 
uchun foydali va tushunarli bo‘lsin desang, sodda tilda gapir deydi. 
Navoiyning til va nutq odobi, nutq madaniyati, nutq san’ati haqida aytgan 
fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob 
merosi maxorat bilan umumlashtirilgan. 
Maktub yozish madaniyati – yozma madaniyatning bebaho bo‘lagi hisoblanadi. 
Maktub avvalo fikrlashga, atrofga razm solib qarashga, yaxshi-yomonni tanishga, 
har narsaga mustaqil baxo berishga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, kuzatuvchanlikka 
o‘rgatadi. Shular barobarida maktub yozish inson ijtimoiy faolligining eng yorqin 
ko‘rinishlaridan biridir.
Daholarning bir birlari bilan bo‘lgan yozishmalariga nazar tashlasak. Ular 
mazmun va mohiyat jihatidan Yuksak darajadagi insonparvarlik, vatanparvarlik, 
sadoqat tuyg‘ularining go‘zal madaniy namunaini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada 
Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari, Ibn Sinoning Bahmanyor al-
1
А.Navoiy. "Махbub ul-qulub" Т.: “Fan” 1987. B.75 
2
O‘sha manba B. 84 
3
O‘sha manba. B.78 


44 
Ozorbayjoniyga bitgan maktublari va hokazo xiradmand va donishmand 
kishilarning bir-birlari bilan ilmiy, ma’rifiy va maishiy sohalarga doir maktublari 
xalqimizing madaniy yodgorligi sifatida qadrlidir. Ayniqsa, Hazrat Navoiyning 
«Munshaot» deb nomlangan asariga jamlangan maktublar o‘zining ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoatchilik manfaatlariga ko‘ra Yuksak ahamiyatga ega. 
Navoiyning maktublari ko‘proq saltanat valiahdlariga bitilganligi qayd qilinadi. 
Xususan, Badiuzzamon Mirzoga yozgan insholaridan Navoiyning o‘z zamonasining 
fozil, hokisor va mehribon hukamo kishisi bo‘lganligini ilg‘ash qiyin emas. Navoiy
o‘z xatlarida davr nuqtai-nazaridan turib bebosh shahzodalarni tartibga, shafqatga, 
adolatga va hamkorlikka chaqiradi: bu xatlar Navoiyning ijtimoiy va insoniy 
qarashlarini ifodalaydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning asrimiz boshlarida yozib qoldirgan o‘quvchilar 
uchun tuzilgan «Kitobal-ul atfol» darsligi va unda bayon etilgan xat yozish shartlari 
va maktub odoblarini xalqimiz muomala madaniyatining ziynati sifatida qadrlash 
mumkin. Chunonchi, mazkur darslikning «Xat yozmoq shartlari»da «yozilaturgon 
so‘zlar ichig‘a har kim bilmayturgon lug‘at mumkin qadarincha yozmasg‘a va 
inchunin, avomcha va ko‘chagi iborat va ayb sanalaturgon kalima va laqablarni 
yozmas»likni aytadi. Shuningdek, «Maktubg‘a haqorat, ta’na, hazl, fisq va gunohga 
taluq so‘zlar aslo yozilmasun» deb uqtiradi. Behbudiy taklif etgan maktub odobining 
go‘zalligini qo‘yidagi matnlar orqali bilishimiz mumkin:
Farzandning otaga yo‘llaydigan maktubida 
«Mehribon otajonim xizmatlarig‘a! 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling