Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
- Oltinchidan
- Sakkizinchidan
Ikkinchidan, nutqing go‘zal bo‘lsin. So‘zning ikki tomoni bordir: biri go‘zal
tomoni, ikkinchisi xunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Uchinchidan: Xar bir fikrni ifodalashda tinglovchi qalbiga to‘g‘ri yo‘l topa bilish, shaqlga e’tibor berish masalasi, Yani bir so‘zni bir ibora bilan aytsa eshitgan kishining ko‘ngli parishon bo‘ladi, shu so‘zni boshqa bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining ko‘ngli baxra oladi. To‘rtinchidan: xar bir so‘z to‘g‘ri va asosli bo‘lmog‘i lozimligi uqtiriladi. Beshinchidan: Bilmagan ilmdan gapirmagil... Bilmagan ilm ma’rifatni bilanan deb da’vo qilsang hech narsa hosil bo‘lmaydi va bexuda zaxmat chekasan. Oltinchidan: Ilgari o‘ylash bir nav karomatdir. Ya’ni tayyorgarliksiz nutq bo‘sh chiqadi. Ettinchidan: kamtarlikin ulug‘lab: Xar qancha dono bo‘lsang ham, o‘zingni nodon bilgil, toki senga ilm o‘rganish eshigi ochiq bo‘lgay. Sakkizinchidan: Amaldorlar bilan amaldordek, oddiy odamlar bilan oddiy odamlardek so‘zlashgil, donishmandlik chegarasidan chiqma, so‘zingni eshitgan kishiga og‘ir tuyulmasin. To‘qqizinchidan; nutqda qisqalik va aniqlik bo‘lishi kerakligi aytadi. Ko‘p bilu, oz so‘zla . Shunday so‘zlagilni, so‘z bekor ketmasin. O‘ninchidan: So‘z eshitishdan qochma, kishi so‘z eshitish bilan notiq bo‘ladi. Odamlar orasida o‘zingni odamlardek tut, insonga insondek munosabatda bo‘l. Nutqni egallashdan maqsad, xalq diliga yo‘l topa bilishdir, deb biladi va "agar ko‘ngillarga sevimli bo‘lishni istasang, xaloyiqning maqsadini so‘zla ", 2 - deydi. Umuman "Qobusnama"da notiq bo‘lish fazilatlari va yo‘llari haqidagi 1 Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B36 2 O‘sha manba. B 39-41 39 nasixatlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, xozirgi kunda targ‘ibot va tashviqotda, notiqlarning o‘z faoliyatlarini yo‘lga ko‘yishlarida muhim ahamiyatga ega. Notiqlik va Ritorika borasida ham Sharq, xususan Mavorounnahr va Xuroson maktabi namoyondalari jahon madaniyatining gultojisi sifatida ajralib turadi. Bu borada notiqlik san’atida o‘ziga xos maktab yaratgan Husayn Voiz Koshifiy (1440- 1505) butun Xuroson diyorida Husayn Bayqaroning voizi, ta’birchisi, maslahatchisi sifatida mashhur edi. U musulmon xalqlariing muqaddas kitobi qur’oni Karimga oddiy xalq tushunadigan qilib, soddalashtirib, to‘rt kitobdan iborat sharh yozgan. Koshifiy o‘z zamondoshlaridan farqli o‘laroq, yuzni o‘qish san’ati bo‘yicha ham ibratli fikrlarni bayon qilgan. Voiz Koshifiy insonning chehra, soch, quloq, tishiga qarab axloqini, fe’l-xuyini aytib berish iste’dodiga ega bo‘lgan ajoyib xislat sohibi edi. Uning nomi ismi hozir ham tillardan tushmaydi. Koshifiy Voiz sifatida o‘z davrining mashxur kishilaridan bo‘lish bilan birga, o‘z davrining zabardast olimi, astranomi, shoiri ham edi. Navoiyning e’tarof qilishicha, Xusayn Voizning "Ozfan bo‘lgaykim, daxli bulmag‘ay, hususan, vaz, insho va nujumki aning xaqqidur va xar qaysisida mutaayin bor" Uning nutqlari jo‘shqin va extirosli bo‘lganligidan kishilarni ko‘plab jalb etar edi. Xusayn Voiz Koshifiyning nutqlarini ta’sirchanligi va jozibadorligini, uning o‘gli Faxriddin Ali Safiy "Latoyifut tavoyif" nomli asarida shunday voqeani keltiradi: "Kunlarning birida axli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashxur so‘z ustasi ancha kechikib kelgan. Shu majlisda Abduraxmon Jomiy ham bor ekan. Sayid G‘iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so‘rabdi: Nechuk kechikdingiz, Mavlono G‘iyosiddin? Meni ma’zo‘r tuting, ustod, - debdi G‘iyosiddin, kelayotgan edim, masjidi jome’da Xusayn Voiz nutq suzlayotgan ekan, shunga maxliyo bo‘lib qolibman" Ko‘rinadiki, Xusayn Voiz Koshifiyning nutqlari o‘zining jozibadorligi bilan xar qanday kishini jalb qila olgan. Xusayn Voiz Koshifiy notiq sifatida shunday e’tiborli bo‘lganki, Xondamirning yozishicha, u aniq jadval bilan ishlashga majbur bo‘lgan. Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati asarida suhbat odobi haqida shunday deyiladi. 40 Bilgilni, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa jim turgan maqul. Agar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb so‘rasalar, aytgil, quyidagi sakkiz qoidani saqlashlari kerak: 1. Xar kimning axvoliga qarab, munosib so‘z aytsin. 2. Dag‘allik kilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin. 3. Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. 4. Ovozini baland ko‘tarmasin. Eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib gapirsin. 5. Odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. 6. Agar so‘zning qimmati - qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning so‘zi bamisoli urugdir, agar urug puch Yoki chirigan bo‘lsa, uni qaerga ekmang unib chiqmaydi. Download 2.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling