Book · May 019 citations reads 28,341 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/86
Sana20.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1682832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Til va nutq 
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin 
emas, Til - bu quroldir. Til nutq uchun moddiy materialdir, lekin, shu bilan bir 
qatorda ular bir-biridan farq, ham qiladi. Til kishilarga doimo o‘zaro aloqa, 
munosabat, madaniy-ma’naviy zaruriyat, jamoa bo‘lib birlashish, kurashish quroli 
bo‘lib ham xizmat qiladi. Alisher Navoiy ham o‘zining "Mahbub – ul - qulub" 
asarida tilga shunday baxo beradi. "Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir”
1
Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan xolda mavjudlikka aylangan 
fikrdir, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘lgan ruhiy hodisa tilning ifoda 
vositalari nutq ixtiyoriga o‘tkach, xaqiqatga aylanadi. 
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, jamiyat a’zolarining bir-biri bilan 
fikr almashuviga xizmat qiladi. Til o‘zida behisob tushunchalarni mujassamlashtiradi. 
Til butun jamiyat a’zolarining ongli hayot kechirishi, his-tuyg‘ularini ifoda etishi
kurashish va rivojlanishida o‘ziga hos benazirligi va buyukligi bilan ajralib turadi. 
Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Adabiy tilning paydo bo‘lishi va uni 
yaratishdan maqsad umumxalq ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tildan 
1
Alisher Navoiy. To‘liq asarlar to‘plami Т.13 B.68 



rasmiy davlat tili sifatida foydalanish bu tilning ijtimoiy - siyosiy soxalar tili, rasmiy 
– muomala va yozishmalar tili, idoraviy ishlar va xujjatlar tili, og‘zaki targ‘ibot va 
tashviqot tili, ilmiy uslublar tili, badiiy adabiyot va saxna tili, maorif, madaniyat tili 
kabi ko‘p yo‘nalishlarda rivoj topishi uchun yo‘l ochadi. Adabiy tilsiz nutq 
madaniyatini, notiqlik sanatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Adabiy til nutq 
madaniyatining - to‘g‘ri so‘zlash va yozishning o‘lchovi, mezonidir. 
Nutq sofligi 
Adabiy til uchun begona unsurlari bo‘lmagan ahloq me’yorlari tan 
olmaydigan so‘zlardan holi bo‘lgan nutq, sof nutq deyiladi. Ba’zi xolatlarda nutq 
sofligiga kuydagilar putur etkazib turadi. 
A) Maxalliy dialekt va Shevalarga hos so‘z, ibora, shuningdek grammatik Shakllar, 
so‘z va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi; 
M: Oka! qalaysiz? yoki aka aqa - baqa bormaymizmi? 
B) O‘rinsiz ko‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari; M: Umuman deyish o‘rniga 
voobshe, xo‘sh o‘rniga tak. 
B) Jargonlar; M: O‘zingni olma.Tashavossanmi? 
G) Vulgarizmlar; Bugungi kunda vulgar so‘zlarning ishlatilishi nutqimiz tozaligiga 
salbiy ta’sir kilmoqda. Og‘zaki nutqda uchrab turadigan so‘kinish, xaqorat so‘zlari 
jamiyatning axloq me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan hodisadir. 
D) Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so‘zlar; M: parazit so‘zlar - ya’ni, demak, 
xo‘sh, v.x.k. 
B) Kanselyarizmlar. M:Idoraviy atamalar ham nutqning tozaligiga doimo haf solib 
turadi. Ulardan rasmiy ish qog‘ozlari uslubida foydalanish juda kulay. Ammo og‘zaki 
nutqda qo‘llash tavsiya etilmaydi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling