Bor postulatlari Vodorod atomi. Kvant sonlar


) Elektron impulsning xususiy momentiga – spinga ega. Spin


Download 129.04 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi129.04 Kb.
#1533481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 - Маъруза

4) Elektron impulsning xususiy momentiga – spinga ega. Spin – massa va zaryadga o’xshash, elektronning birlamchi xususiyatlaridan biridir. Spin qiymati kvant mexanikasining umumiy qonunlari bilan aniqlanadi.
, (11.3.6)
S – spin kvant sonlardan biridir.
Spinning belgilangan magnit maydoni yo’nalishiga proyeksiyasi kvantlangandir.
, (11.3.7)
Spin kvant soni va ms faqat ikkita qiymatni qabul qiladi.
(11.3.2) – tenglamaning yechimi bo’lgan to’lqin funksiyasi n, , m uchta parametrni o’z ichiga oladi. Spin spektral chiziqlarning nozik strukturasini tushuntirish uchun qabul qilingan.
Elektronning energiyasi faqat n – bosh kvant soniga bog’liq bo’lgani va , m ga bog’liq bo’lmagani uchun, En energiyaning berilgan qiymatiga bitta emas, , m kvant sonlari bilan farqlanadigan bir nechta energetik holatlar to’g’ri keladi. Bunday energetik holatlar aynigan holatlar deb ataladi.
Aynigan energetik holatlar soni En energetik sathning ayniganlik tartibini belgilaydi.
Masalan, kvant soniga, m kvant sonining qiymatlari to’g’ri keladi. n kvant soniga kvant sonining qiymatlari to’g’ri keladi. Demak, berilgan n bosh kvant soniga
, (11.3.8)
qiymatlar to’g’ri keladi.
orbital kvant sonining har xil qiymatlariga mos keladigan holatlar impuls momentining qiymatlari bilan farqlanadilar. Atom fizikasida ning har xil qiymatlariga to’g’ri keladigan elektron holatlari quyidagicha belgilanadilar:
holatda bo’ladigan elektron S – elektron (S - holatdagi) deb ataladi,
P – holat
D – holat
ƒ – holat, va h.k.
Elektronning quyidagi holatlari mavjud bo’lishi mumkin:
1s, 2s, 2p, 3s, 3p, 3d, 4s, 4p, 4d, 4f va boshqalar.
Yorug’likning nurlanishi yoki yutilishi elektronni yuqorida ko’rsatilgan bir sathdan ikkinchisiga o’tishida sodir bo’ladi.
Shunday qilib, Layman seriyalari np ® 1s (n = 2, 3, 4,……) o’tishlarida, Balmer seriyalari ns ® 2p (n = 3, 4, 5,……) o’tishlarda kuzatiladi.

Download 129.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling