Bor postulatlari Vodorod atomi. Kvant sonlar
Pauli prinsipi. Elementlarning davriy tizimi
Download 129.04 Kb.
|
11 - Маъруза
11.4 Pauli prinsipi. Elementlarning davriy tizimi
Vodorod atomidan farqli, ko’p elektronli atomlarda ham har bir elektronning holati o’sha 4 ta kvant sonlari bilan tavsiflanadi. Elektronlar orasidagi o’zaro ta’sirlar mavjudligi ular energiyasining ayniganligini yo’qqa chiqaradi. Atomning odatdagi qo’zg’almagan holatida elektronlar eng quyi eyergetik sathlarda joylashgan bo’ladi. Shu sababli, istalgan atomlardan odatdagi holatda barcha elektronlar, xuddi 1s (n = 1, = 0) holatda bo’lishi zarurdek ko’rinadi. Ammo tajribada bu holat kuzatilmaydi. Chunki kvant mexanikasining asosiy qonunlaridan biri bo’lgan Pauli prinsipiga asosan berilgan atomda n, , m, s bir xil kvant sonlari majmuasiga ega bo’lgan ikkita elektron mavjud bo’lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bir energetik holatda bir vaqtda ikkita bir xil elektron bo’la olmaydi. Shu sababli, berilgan n ning qiymatlariga va m qiymatlari bilan farqlanuvchi n2 holatlar mos keladi, ya’ni energetik holatning ayniganlik darajasi quyidagidan iborat bo’ladi: S kvant soni faqat ikkita qiymatni qabul qiladi. Shu sababli berilgan n qiymatlariga tegishli holatlarda atomda 2n2 elektronlar bo’ladi. Misol uchun: n = 1 bo’lsa, ( = 0 S – holatda) atomda ikkita elektron bo’ladi. n = 2 bo’lsa, ( = 0®2s holatda 2 ta elektron, 2r – holatda 6 ta elektron) jami 8 ta elektron bo’ladi. n = 3 bo’lsa, (3s – holatda ikkita elektron, 3r – holatda 6 ta elektron, 3d holatda 10 ta elektron) jami 18 ta elektronlar bo’ladi. n kvant sonining bir xil qiymatlariga to’g’ri keluvchi elektronlar majmuasi elektron qobig’ini tashkil etadi. Shu qobiq kvant sonining qiymatlariga mos qobiqning bir ajralgan qismini tashkil etadi. Atomning elektron qobiqlari quyidagicha belgilanadi: n 1 2 3 4 5 Download 129.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling