Bor yoki yo‘q qonuni


Yurak qisqarishining tezligi


Download 1.64 Mb.
bet9/15
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#195503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Физиология амалий-6)

Yurak qisqarishining tezligi.

Katta yoshli sog'lom odamda yurak o'rta hisobda minutiga 60-80 martadan qisqarib turadi. Ayollarda yurak qisqarishlarining soni erkaklardagiga qaraganda birmuncha ko'proq bo'ladi.Yurak qisqarishlarining soni kun mobaynida ham bir qadar o'zgaradi, muskul ishi vaqtida anchagina ortadi, juda kuchli jismoniy zo'riqishlar paytida, jumladan, sport mashqlari vaqtida esa minutiga 150—200 martagacha ortadi va bundan ko'ra ko'proqqa boradi. Yurak qisqarishlarining soni yoshga ham bogLliq: 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda yurak minutiga 100—140 martadan, 10 yashar bolalarda 90 martadan, 20 yashar va bundan kattaroq odamlarda 60—80 martadan urib turadi, keksalarda esa yurak urishi yana ortib, minutiga 90—95 martagacha yetadi.Yurak urishining soni ko'p bo'ladigan yuragi minutiga 90—100 martadan va bundan ko'ra ko'proq urib turadigan odamlar uchraydi.

Ba’zi yurak-tomir kasalliklari, endokrin kasalliklar va boshqa kasalliklar vaqtida yurak qisqarishlarining soni ko'payib ketadi. Yurak qisqarishlari sonining ko'payishi, ya’ni yurakning tez-tez urib turishi taxikardiya deb ataladi. Ba’zi odamlarda yurak qisqarishlarining soni kam bo'ladi, yurak minutiga 40—60 martadan urib turadi. Masalan, sportchilarda (tinch turganida), shuningdek, ba’zi kasalliklar paytida yurak qisqarishlarining soni shunaqa bo'ladi. Yurak qisqarishlari sonining kamayib ketganligi bradikardiya deyiladi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling