Yurak faoliyatining idora etilishi
Hayot faoliyat jarayonida organ va sistemalarning qon bilan ta’minlanishga ehtiyoji o'zgarib turishiga yarasha yurak ishi ham mudom o'zgarib boradi. Miokard funksiyasini o'zgartirib turuvchi nerv ta’sirlari yurak faoliyatini organizm ehtiyojlariga moslashtirib turadi.Yurak innervatsiyasi. Yurak faoliyatiga vegetativ nervlar ta ’siri. Yurak yaxshi rivojlangan parasimpatik va simpatik innervatsiyaga ega. Yurakni ta’minlovchi preganglionar parasimpatik tolalar uzunchoq miya adashgan nervi (n.vagus) ning dorsal va ventral yadrolarida joylashgan nerv hujayralarining aksonlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |