Yurakka adashgan nervlar ta’siri.
Adashgan nervni yetarlicha kuch bilan ta’sirlash yurakning to‘xtab qolishiga, birmuncha kuchsizroq ta’sirlash esa yurak qisqarishlarining sekinlashib qolishiga sabab bo‘lishini 1845 yili aka-uka Veberlar aniqlashgan. Yurak qisqarishlarining sekinlashib qolishi adashgan nervining mantly xronotrop ta’siri deb ataladi. Adashgan nerv ta’sirlanganida yurak muskulining qo‘zg‘aluvchanligi pasayadi, o'tkazuvchanligi esa yomonlashadi. Adashgan nerv ta’siri ostida yurak qo'zg'aluvchanlipining susayishi manfiy batmotrop ta’sir deb atalsa, o’tkazuvchanligining yomonlashuvi adashgan nervining manfiy dromotrop ta’siri deyiladi. Adashgan nervning ta’sirlanishi davom etaveradigan boisa, oldinga to'xtab qolgan yurak qisqarishlari yana boshlanadi, lekin birmuncha siyrak sur’atda boshlanadi. Ana shu hodisani adashgan nerv ta’siridan ≪yurakning qochib ketishi≫ deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |