Бордюр голубых оттенков


Download 468.94 Kb.
bet3/5
Sana09.10.2023
Hajmi468.94 Kb.
#1695598
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bir cho\'michli ekskavatorlarning ishchi mexanizmlari, ularning turlari, konstruksiyasi va ishlash prinsipi

Kanatli kuch berish mexanizmida lebedka platformaning old qismida joylashadi. Kuch beruvchi 1 va qaytaruvchi kanat 2 lar 3 va 4 barabanlardan chiqib strelada joylashgan 5 va 6 bloklarni aylanib o‘tadi va rukoyatda joylashgan oldingi va orqa yarim bloklarga boradi. 3 va 4 barabanlar aylanganda rukoyatning o‘q yo‘nalishidagi siljishi sodir bo‘ladi. Kanatli kuch berish mexanizmining tuzilishi juda sodda bo‘lib yuqori sifatli kanatlar ishlatilsa ishonchli ishlaydi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qiyin emas. Mexanizmni to‘xtash yuklanishlaridan va zarblaridan himoya qilish uchun dvigatel 10 va reduktor 11 oralig‘iga chegaraviy moment muftasi 9 o‘rnatiladi.

Yechiluvchi baraban 3 kanatlarning tarangligini moslashtiruvchi qurilma 12 ga ega. EKG-10 ekskavatorida lebedka ikkita elektrodvigatel yordamida ishga tushiriladi. Reduktor 11 gorizontall o‘rnatilgan bo‘lib uch pog‘onali silindrik tishli uzatmalarga ega. Tishli uzatmalar va podshipniklar reduktor korpusiga joylashtirilgan moy vannasidan sochish bilan moylanadi. Buning uchun reduktor yetaklovchi o‘qiga ikkita sochuvchi moslama o‘rnatilgan.


3-rasm. Rukoyatni harakatlantiruvchi kuch beruvchi mexanizmning kanatli – polispas tizimi sxemasi (EKG-10)
a — kanatlarning o‘ralish sxemasi; b—lebedkaning kinematik sxemasi.

Bir cho'michli ekskavatorlarning ishchi mexanizmlari

Egarli uzel (4-rasm) streladagi ishqalanish podshipniklariga o‘rnatilgan kuch berish vali 1 ga joylashtirilgan. Egarli podshipnikning korpusi 6 po‘latdan quyilgan. Uning o‘qiga rolik 8 lar o‘rnatilgan. Bu roliklar rukoyatdan tushadigan yon kuchlanishlarni qabul qilishga xizmat qiladi. Rukoyat ish vaqtida kuch berish o‘qida joylashgan egarli rolik 9 ustida harakatlanadi. Kuch beruvchi va qaytaruvchi kanatlar uchun mo‘ljallangan ikki yo‘lakli blok 4 lar kuch beruvchi valga ishqalanish podshipniklari orqali o‘tirgan.strelaning yuqorigi qismi pastki qismi bilan valik 2 lar yordamida bog‘langan. Kuch beruvchi o‘q ko‘nalang yo‘nalishda xomut 10 bilan to‘xtaligan.



Download 468.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling