Бордюр голубых оттенков


Ekskavator platformasida ko‘tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi


Download 468.94 Kb.
bet2/5
Sana09.10.2023
Hajmi468.94 Kb.
#1695598
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bir cho\'michli ekskavatorlarning ishchi mexanizmlari, ularning turlari, konstruksiyasi va ishlash prinsipi

Ekskavator platformasida ko‘tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.

To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarda cho‘michga zo‘riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho‘mich rukoyatiga uzatiladi.

1-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig‘ilgan tasviri

1 — korpus; 2 bosh blok; 3 — strelani osuvchi boldoq; 4 — bufer; 5 — ottyajka strelы; b— strelani maxkamlovchi pales; 7 — egarli podshipnik; 8 — kuch berish mexanizmi dvigateli; 9 — tishli g‘ildirak; 10—tishli uzatma; 11 —cho‘mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli

Bir cho'michli ekskavatorlarning ishchi mexanizmlari

Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g‘ildiragi orqali yetaklovchi val shlitsasiga o‘tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. Shkivni o‘rab turuvchi uning kolodkalari o‘qga o‘rnatilgan g‘ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi. Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog‘langan.

Kremaler shesternya (2-rasm) 2 shlitsalari bilan bog‘langan kuch berish vali aylanish momentini tishli g‘ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o‘rnatilgan egarli podshipniklar 4 ning cho‘yandan ishlangan yo‘naltiruvchi 7 va 8 polzunlari tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.

2-rasm. EKG-5A ekskavatorining tishli-reykali kuch berish mexanizmi

a — oraliq val;

b —kuch beruvchi val va egarli uzel

Bir cho'michli ekskavatorlarning ishchi mexanizmlari


Download 468.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling