Borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili
Tadqiqot obyekti va usullari
Download 449.56 Kb. Pdf ko'rish
|
arrali-jin-mashinasidagi-kolosnik-panjarasi-bo-yicha-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqotlar-tahlili
Tadqiqot obyekti va usullari. Tadqiqot obyekti sifati arrali jin kolosnik
panjarasi olingan. Tadqiqot usullari yangi konstruksiyadagi kolosnikli panjara va chigitning kolosnik panjara yuzasidagi harakatlarini ifodalovchi matematik modellari tashkil etadi. Tadqiqot natijalari. G.I.Miroshnichenko [1] kitobida ekvivalent diametr usullarni qo’llagan holda arra valini burilish burchagi va buralishini aniqlagan, bunda B.N.Jemochkin [2] ishlanmasi asos qilib olingan. Natijada arra valining uchastkalari diametrini, ularning o’q momenti va kamayish koeffisiyentini, ko’ndalang kuchlarni kattaliklarini, eguvchi momentlar va SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 79 ularning uchastkalari o’tish nuqtalarini bilish mumkin hamda arrali silindr valini mavjud konstruksiyasi uchun val buralishlarini aniqlagan. N.N.Domanov [3] maqolasida ma’lum qurilish konstruksiyalari uchun turli fizik xususiyatlari va ularning elementlarining hisoblari keltirilgan. Materiallar qarshiligini aniqlashning umumiy qabul qilingan usullari ushbu aniq amaliy vazifalarni hisoblashni amalga oshirishga imkon beradi. Nazariy yo’nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar hamda yangi hisoblash usullarini ishlab chiqish asosida matematik apparatni foydalanishning rasionalligini ta’sdiqlash mumkin. Shunday qilib xususiy hollarda qurilish konstruksiyalaridagi balkalarni egilishini hisoblashda Furye qatori nazariyasidan foydalaniladi. E.A.Kochetov va I.L.Salyalarning [4] ishlarida “balkalarni egilishi” mavzusi bo’yicha vazifalarini hisoblash uchun EHMdan foydalanilgan holda MathCAD, Solid Works, T-Flex, Microsoft Excel va boshqa amaliy dasturlardan foydalanish taklif etilgan. Yuqorida keltirigan dasturlardan Microsoft Excel balkalarni egilishidagi hisoblashda foydalinish mumkin bo’lgan ko’plab matematik operasiyalarni bajarishda foydalanish mumkin. Ko’rib chiqilayotgan balka materiali uchun ma’lum ruxsat etiladigan normal kuchlanishlar bilan hisoblashning uchta varianti taklif etiladi: a) agar balka kesimini o’lchamlari va yuklanishlari keltirilgan bo’lsa, mustahkamlikka tekshiruv hisobini bajarish mumkin; b) agar yuklanishlar ko’rsatilgan bo’lsa, sterjen kesimi o’lchamlarini aniqlash mumkin bo’ladi (loyihani hisoblash); v) agar kesim o’lchamlari berilgan bo’lsa, u holda ruxsat etilgan yuklanishlarni aniqlash mumkin. R.V.Mishenko va D.A.Pimenova [5] maqolasida turli qalinlikdagi o’zgaruvchan xususiyatli balka materiallari va ularning kuchlanish-deformasiyalanish holatiga ta’siri tadqiq etilgan. Mualliflar chiziqli-deformasiyalanadigan ko’ndalang yuklama ta’sirida bo’lgan, uni qalinligi bo’yicha turli variantlarda bo’lgan materialdan tayyorlangan balka egilishini masalalarni ko’rib chiqdilar: mustahkamlik xususiyatlarini pasaytiruvchi turli xildagi qatlamlar – tashqi kuchlarni ta’javuskor ta’sirini modellashtirish, mustahkamlik xususiyatlarini oshiruvchi turli xildagi qatlamlar – texnologik qattiqligini modellashtirish. Turli xil bo’lgan har bir variant uchun turli o’zgarishlar berilgan: qalinligi bo’yicha bir xil bo’lmagan ikki tomonlama va bir tomonlama bo’lgan, bir tomonlama bir xil bo’lmaganlar uchun o’zgaruvchan qalinlikdagi balkaning har bir qismida tortish kuchini chizig’ini topish masalalari hal qilingan. Hisoblashning har bir bosqichida, degradasiya holatida ham, sirt qatlamlari qattiqlashganda ham, yakuniy darajadagi turli nisbatlarda xarakterli uchastkalarda balkalarning qalinligi bo’yicha kuchlanish diagrammalaridagi sifat o’zgarishini baholash amalga oshirildi va bir xil bo’lmagan qatlamdagi materialning mustahkamligi dastlabki materialning yakuniy kuchiga qadar bo’ladi. Balkaning tayanch va markaziy uchastkalari uchun yuklanish yuzasida va bir jinsli bo’lmagan old tomon chegarasida SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 449.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling