Borland C++ Builder 6 tizimi


Download 0.69 Mb.
bet13/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#202787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
mustaqil ish

Parent xossasi ( TWinControl ) komponenta uchun ota boshqaruv elementiga ko'rsatadi . Ota boshqaruv elementi sifatida konteyner keladi va o'z ichidagi vizual komponentalarni tasvirlanishiga javob beradi .
Formani loyixalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos keladi Parent xossasi avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi . Komponentalarni dinamik ravishda yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga "qo'lda " qiymat berishga to'g'ri keladi . Masalan , tugma komponentasini dinamik ravishda yaratishni ko'raylik .

Procedure TForm1.Button1Click(Sender : TObject):


Begin
with Tlabel.Create( Self ) do begin
Caption:= ' Yangi yozuv ';
Parent :=Panel1;
Left :=20;
Top :=30;
end;
End;

Button1 tugmasi bosilganda Panel1 panelida Label1 yozuvi paydo bo'ladi . Agar Parent xossa qiymati berilmasa , Label1 yaratiladi , lekin ekranda ko'rinmaydi . Komponentalarda


Owner xossasi mavjud bo'lib , u komponentaning egasi bo'lgan elementga ko'rsatadi . Odatda komponentalar egasi ular joylashgan forma bo'ladi . Agar ega komponenta o'chirilsa , u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi .

DragMode ( TDragMode ) xossasi ob'ektlarni drag-and-drop ( ko'chirish va qoldirish ) usulida ob'ektlarni ko'chirish bilan bog'liq amallani programma ishlatadi va sichqoncha bilan ko'chirilayotganda boshqaruv elementini o'zini tutishini aniqlaydi . DragMode xossasi ikkita qiymat qabul qilishi mumkin : dmAutomatic va dmManual . Kelishuv bo'yicha dmManual qiymatga ega va shu sababli boshqaruv elementini BeginDrag metodi chiqarilmaguncha ko'chirib bo'lmaydi . Agar xossaning qiymati dmAutomatic bo'lsa , boshqaruv elementini ixtiyoriy paytda ko'chirish mumkin .DragMode xossasi qiymati o'rnatishdan tashqari boshqaruv elementi harakatini boshqaruvchi hodisani qayta - ishlovchisini kodini yozish kerak .

Action xossasi ( TBasicAction turida ) bir-biri bilan mazmunan bog'langan boshqaruv elementlari uchun yagona amalni ( protsedurani )
bajarish holatlarida ishlatiladi . Maxsus ActionList komponentasida amallar ro'yxati aniqlanadi va boshqaruv komponentasining Action xossasi
orqali ro'yhatdagi amallar bilan bog'lanadi . Odatda Action dan turli elementlarni markazlashgan xolda boshqarish uchun foydalaniladi . Masalan , Button1 tugmasi bilan MenuItem menyusining punktini yagona amal bilan bog'lash mumkin . Quyida amal ob'ekti bilan bog'lanish
tashkel qilishga misol keltirilgan .

procedure TForm1.FormCreate(Sender:TObject);


begin
Button1.Action:=Action1;
end;

Bu yerda Button1 tugmasi Action1 amal ob'ekti bilan bog'langan Button1 tugmasini bosganda OnClick xodisasi chaqirilmaydi , balki Action1 amal ob'ektidagi OnExecute hodisa qayta - ishlovchisi chaqiriladi .



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling