TabOrder xossasi ( TTabOrder turida ) konteynerdagi komponentalarning fokus olish tartibini aniqlaydi ( < Tab > tugmasi bosilganda ), ya'ni
komponentalar "aylanib " chiqish ketma - ketligini aniqlaydi . Kelishuv bo'yicha bu ketma - ketlik formani ko'rinishini yaratishda komponentalarning konteynerga joylashtirish tartibiga mos keladi : birinchi komponentaning TabOrder xossasining qiymati 0 , ikkinchisiniki -1 va hokozo . Tartibni o'zgartirish uchun komponentaning TabOrder xossasiga zarur qiymatni berish kerak . Har bir konteyner boshqalariga bog'liq bo'lmagan tabulyatsiya tartibiga ega bo'ladi . Ikkita komponenta bir xil tabulyatsiya tartibiga ega bo'lishi mumkin emas .
TabStop xossasi ( boolean turida ) TabOrder bilan birgalikda ishlatilib , komponentaning fokus olishi yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar TabStop xossasining qiymati True bo'lsa komponenta fokus olishi mumkin , aks xolda yo'q. Vizual komponentalarning tabulatsiya tartibini Edit buyruqlar menu sida joylashgan Edit Tab Order ( Tabulyatsiya tartibini o'zgartirish ) dialog darchasi orqali amalga oshirish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |