Left va Top xossasi ( Integer turida ) komponentaning u joylashgan konteynerga ( forma yoki panelga ) koordinatalarini aniqlaydi . O'z o'rnida
forma ham komponenta va uning koordinatalari ekranning chap yuqori burchagiga nisbatan aniqlanadi .
HelpContext (THelpContext turida ) xossasi ma'lumotnoma tizimidagi kontekst nomerini beradi . Programma bajarilishida komponenta fokusda
bo'lgan holda < F1 > tugmasi bosilganda , aynan shu komponenta bilan bog'liq matn ekranga chiqadi .
Hint xossasi ( String turida ) kursor komponenta sohasida va bir necha soniya harakatsiz holatda bo'lganda ekranga yordamchi matnni chiqaradi . Yordamchi matn sariq fondda chiqadi va komponentaning ishlatilish maqsadini qisqacha yoritadi . Yordamchi matn ekranda paydo bo'lishi uchun boolean turidagi ShowHint xossasining qiymatini True deb aniqlash zarur .
Do'stlaringiz bilan baham: |