Enabled xossasi boolean turida bo'lib komponentani aktivligini , ya'ni sichqoncha yoki klaviaturadan kelayotgan signallarga aks ta'sir bera olishini
aniqlaydi . Agar xossa True ( kelishilgan xol qiymati ) qiymatga ega bo'lsa , komponenta aktiv hisoblanadi , aks holda aktiv emas . Komponentaning aktiv bo'lmagan xoli sarlovxa yoki matnni oqargan rangda ekanligini bildiradi . Komponenta o'chirilgan ( blokirovka qilingan ) bo'ladi , agar u bilan bog'liq qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa . Masalan , Save tugmasi xujjatni saqlash amalini bajaradigan bo'lsin , agar saqlanadigan xujjatning o'zi
bo'lmasa , saqlash amalining ma'nosi yo'q . Bunday hollarda tugma aktiv bo'lmagan xolatga o'tkaziladi :
Save.Enabled :=False;
Font Xossasi ( TFont turida ) vizual komponenta akslanuvchi matn shriftini aniqlaydi . O'z navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon beruvchi xossalariga ega . Bularning ichida asosiylari quyidagilar :
Name - Shrift nomini aniqlaydi
Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi
Style - Shrift Stilini beradi
Color - Matn rangini boshqaradi
Masalan , Label1 yozuvining rangini berish :
Label1.Font.Color:=clBreen ; Label1.Color:=clBlue;
Yozuv moviy fonddagi yashil matn ko'rinishida bo'ladi .
Height va Width ( Integer turida ) xossalari komponentaning mos ravishda vertikal va gorizontal o'lchamlarini piksillarda beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |