Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1
Download 83.38 Kb.
|
Borliq falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy makon.
6 -MASALA .Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo’linadi. U kishilik jamiyatining o’zgaruvchan informasion sig’imiga bog’liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya’ni ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o’zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko’rsatilishi bilan bog’liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil bo’lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo’ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o’zaro bog’liq ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt munosabatlarining relyasion va dinamik konsepsiyalari rivojlanishining ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon qiladi. Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi obyektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini topadi. Download 83.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling