Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1


Download 83.38 Kb.
bet10/33
Sana17.02.2023
Hajmi83.38 Kb.
#1207220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Borliq falsafasi

Yer tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko’ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam ilk quyosh sistemasida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo’lgan, muayyan moddiy jism sifatida o’z borlig’ini kasb etgan, oradan yana bir milliard yilcha vaqt o’tgach, Yerning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog’ jinslarining yoshi shundan dalolat beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o’zining aniq geologik yil hisobiga ega va uning borlig’i sayyoramizning umumiy evolyusion jarayonlari bilan bog’liq. Yerning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog’ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa – oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo’lishi ham tasdiqlaydi.
Insonning paydo bo’lishi va evolyusiyasi. Inson faol asos sifatida o’z shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridanoq o’zini qurshagan muhitga o’zgartiruvchi ta’sir ko’rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va antropologik tadqiqotlar «omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o’z manfaatlari yo’lida o’zgartirishga harakat qilganligi 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko’rsatadi. Inson o’zini qurshagan dunyoga bungacha tabiatda mavjud bo’lmagan predmetlarni olib kira boshladi. Avvaliga bu mehnat, ro’zg’or va turar joy predmetlari edi. So’ngra ariqlar, to’g’onlar, binolar, inshootlar va inson faoliyatining shunga o’xshash natijalari paydo bo’ldi.
Endilikda, uchinchi ming yillikda inson butun sayyora bo’ylab joylashib, o’zining o’zgartiruvchi imkoniyatlarini ko’p karra ko’paytirib, tabiatda ilgari hyech qachon mavjud bo’lmagan yangi narsalar va hodisalarning katta bir dunyosini yaratdi. U izchil ish ko’rib, shaharlar va aholi yashaydigan joylar, sanoat korxonalari va texnik qurilmalar, yo’llar, mashinalar, aerodromlar va shu kabilardan iborat infratuzilma tarmog’ini yaratib, Yerning tabiiy shakl-shamoyilini tanib bo’lmaydigan darajada o’zgartirdi. Bularning barchasi ham jonsiz tabiatdir, ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun’iy xususiyat kasb etadi. Shu bois u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvidan qat’iy nazar mavjud bo’lgan «birinchi» tabiatdan farqli o’laroq, «ikkinchi tabiat» sifatida talqin qilinadi.

Download 83.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling