Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1


Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan


Download 83.38 Kb.
bet28/33
Sana17.02.2023
Hajmi83.38 Kb.
#1207220
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Borliq falsafasi

Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan. Makon va vaqt haqidagi hozirgi falsafiy qarashlar tabiiy va aniq fanlar sohasidagi so’nggi yutuqlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning tabiatiga nisbatan materialistik va relyasion qarashlar asosli ekanligini tasdiqlaydi. Xususan, Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga muvofiq makon va vaqt o’z holicha ham, bir-biridan ajralgan holda ham mavjud bo’lmaydi, balki materiya bilan shu darajada uzviy bog’liq bo’ladiki, pirovardida hyech qanday mustaqillikka ega bo’lmaydi va yagona rang-barang yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi. Yagona makon va vaqt kontinuumini tashkil etar ekan, ular moddiy jismlar harakatining tezligiga ham bog’liq: jism harakatining nisbiy tezligi oshganida uning ko’lam ko’rsatkichlari qisqaradi, uning vaqti esa o’z oqimini sekinlashtiradi. Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy, Gauss va Puankarening ilg’or g’oyalariga qo’shilgan holda, makon va vaqtning gravitasiya bilan uzviy aloqasini ham asoslab berdi.
Shunday qilib, nisbiylik nazariyasida makon, vaqt va harakat materiya mavjudligining atributlari, asosiy shakllari sifatida qaraladi va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan holda, materiya kabi, mustaqil holda mavjud bo’la olmaydi. Muttasil harakatda bo’lgan dunyo esa muqarrar tarzda faqat makon va vaqtda mavjud deb qaraladi.
Makonning ko’p o’lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitasion o’zaro ta’sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o’lchovliligi va vaqtning bir o’lchovliligi (u o’tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig’ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o’zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko’p o’lchovliligi g’oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o’zgacha tuzilish, ko’lamlilik va shakllarga ega bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko’rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Yerda hayot paydo bo’lishi bilan go’yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida joylashgan alohida, biologik makon va vaqt o’lchovi yuzaga keladi. Shu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o’rganish bilan shug’ullanuvchi olimlar e’tiborini o’ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o’rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo’lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so’l» va «chap» qanotlar ko’rinishida namoyon bo’lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning umumiyligi, ular universumning barcha strukturalarini qamrab olgan holda, mavjudligini anglatadi. Shu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, mikro- va megadunyoda, balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo’lish shakllarini qayd etib o’tish lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil qilinadi. Makon va vaqtning obyektivligi ular o’zini idrok etish mumkinligi yoki mumkin.

Download 83.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling