Borlik – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1


Makon va vaqtning metrik xossalari


Download 83.38 Kb.
bet30/33
Sana17.02.2023
Hajmi83.38 Kb.
#1207220
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Borliq falsafasi

Makon va vaqtning metrik xossalari. Metrik xossalarga makon va vaqtning ko’lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko’rsatkichlari kiradi. Ko’lamlilik joy va o’rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. O’rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan koordinasiyasi. Joy va o’rin makon tuzilishini belgilaydi. Shunday qilib, biz makon tuzilishi haqida so’z yuritganda uning joy va o’rnini tavsiflashimiz shart.
Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko’rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning boshqa parchalab bo’lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o’zi bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan obyekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida amal qiladi. Davomlilik – obyekt mavjudligining davomiyligi va, saqlanishidir. Davomlilik voqyea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin.
Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat ko’rsatkichlari, makon va vaqtning uzluksizligi, bog’liqligi, vaqt tartibi, yo’nalishi va o’lchamliligi kiradi. Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning topologik xossalari - bir yo’nalishlilik, muayyan o’lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu ko’rsatkichlarning hammasi hanuzgacha faylasuflar shug’ullanadigan qator muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy asoslashga muhtojdir.
Vaqt tartibi va yo’nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o’tishining obyektiv xususiyati to’g’risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg’in bahsga sabab bo’layotgan muammodir. Vaqt tartibi va yo’nalishi to’g’risida so’z yuritilganida, odatda, uning o’tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o’tishi nazarda tutiladi. Vaqt bir yo’nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo’ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O’tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko’proq mos keladi. Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo’llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko’ra 4 soat «o’tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo’q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Tushunchaning ikki majmuini ajratish ayrim muammolar ta’rifini aniqlash imkonini beradi. Bir tomondan, vaqt harakatchan yoki muvaqqat yo’l, oqim va tranzitivlikning ifodasi sifatida tushuniladi. O’tmish, hozir va kelajakda mavjud voqyealar vaqtning mazkur holatiga nisbatan uzluksiz o’zgaradi. O’tmishdagi voqyealar yanada o’tmishga chekinadi, bo’lajak voqyealar esa yaqinlashadi. Vaqt shakllanishining mazkur jarayoni ko’pincha «vaqt daryosi», «vaqt oqimi» kabi ibora va o’xshatishlar orqali ifodalanadi. Ayni vaqtda, uzluksiz o’zgaruvchi voqyealar o’zgarmas tartibda yuz beradi.

Download 83.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling