Borliq deb atashadi
Download 26.14 Kb.
|
falsafa sherikchilik
1 Insonni juda ko‘rlab xususiyatlari (katta-kichik, chekli-cheksiz sodda-murakkab, go‘zal-xunuk, yaxshi-yomon, foydali-zararli...)bilan bir-biridan farq qiluvchi behisob narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar qamrab turadi. Odamlar buni borliq deb atashadi. 2 Demak borliq- odamzodni o‘rab turgan barcha narsa, voqea, hodisa, jarayonlarni umumiy tarzda ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi Har bir inson o‘zini o‘rab turgan narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlarning aynan nimalardan tashkil topgani, makon va zamonning qaysi nuqtasida joylashganligini, nima hisobdan va qanday tarzda harakatlanishini bilishni istaydi. Bu masalalarga turli davrlarda yashagan faylasuflar turli xil javob berishgan..... 1 Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya soʻziyunoncha “ontos”(borliq) va “logos” (ta’limot) soʻzining birikmasidan tashkil topgan boʻlib, borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Bu atamani birinchi bor 1513-yilda R.Gokleniusning “Falsafa lugʻati”da, soʻngra X.Volfning falsafaga oid darsliklarida qoʻllanilgan. \2 Ontologiyani o‘rganish ob’ekti – borliq. Ontologiyani predmeti – borliq shakllarining tarkibiy tuzilishlari, ular o‘rtasidagi aloqadorliklar, b-r turdan ikkinchi turga o‘sib o‘tishi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishidagi substratlarning o‘rni haqidagi bilimlar tizimi. Ontologiyaning asosiy mavzusi – mavjudlik. Ontologiyaning asosiy masalasi – nima mavjud? Ontologiyaning tushuntirish apparati - borliq,struktura, moddiylik, ma’naviylik, jon va ruh, makaon-fazo, zamon-vaqt, harakat. 1 Borliq kategoriyasi umumiylashgan abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, predmetlar va jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiiy ob’ektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat predmetlarni, jismlarni, ob’ektiv reallikni, balki, ma’naviy hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, sub’ektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi. Download 26.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling