Borliq falsafasi (ontologiya) reja: Sharq va G’arb mutafakkirlari falsafaning maqomi haqida 2
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli
Download 69.45 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Dunyoqarasgning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi. Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Dunyoqarashning xulq-atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi. Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi. Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi. Dunyoqarash serqirra hodisa hisoblanadi. Ko‘p qavatli uyda bo‘lganidek, uning turli qavatlaridan o‘z ratsional-irratsional elementlariga ega bo‘lgan hayotga oid, mifologik, diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‘rin oladi. Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda shakllanadigan dunyoqarashdir (unga misol tariqasida oddiy, kundalik dunyoqarashni keltiradilar).Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‘z muhitiga ayniqsa xos bo‘lgan andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning o‘zgartirish oson bo‘lmagan muayyan mezoniga aylantiradi. «Oddiy dunyoqarash» kategoriyasining sinonimlari sifatida «kundalik dunyoqarash», «amaliy dunyoqarash», «noilmiy dunyoqarash» tushunchalari amal qiladi. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Falsafa borliq va inson tafakkurining asosiy tamoyillarini ifodalash orqali dunyoni anglab etish barcha shakllarining ma’naviy asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi zamon fundamental falsafasi dunyoqarashning eng oliy, nazariy darajasidir, desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylashuvi jarayoni mahsuli hisoblanadi. Bunda individ o‘zining voqelikka bo‘lgan munosabatida jamiyatdan olinadigan ne’matlarni bevosita o‘zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini tushunishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Dunyoqarashning nazariy darajasini voqelikning bevosita in’ikosi sifatida tasavvur qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning mavjudligi dunyoqarashni oddiy in’ikos sifatida emas, balki ildam in’ikos sifatida, hali mavjud bo‘lmagan hodisa – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi. Download 69.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling