5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot
6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot
7. Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma’limot) – keng ma’noda kelajak haqidagi ta’limot, tor ma’noda prognozlashtirish i prognostika so‘zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot.
9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot
10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot
11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.
Xulosa. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan.
Falsafa mifologik va diniy dunyoqarashdan o‘zining atrof muhitga tanqidiy munosabati asosidagi dunyoqarashli funksiyasini bajaradi, gnoseologik va ontologik kategoriyalarga murojaat qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi.
Falsafa nazariy asoslangan dunyoqarash, umumiy kategoriyalar, insonning olamga fanning tabiat va jamiyat haqidagi yutuqlariga tayanilgan nazariy munosabati .Falsafaning ahamiyati, uning insonni o‘z- o‘zini, olamni anglashga, ijodiy barkamollikka yo‘naltira olishidadir.
BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)
REJA:
1. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i. Virtual borliq tushunchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |