So’rovlar o’tkazish–«yuzma-yuz» so’rov (intervyu) yoki sirtdan (so’rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va sh.k.) sыrov o’tkazish. Ommaviy va maxsus so’rovlar farqlanadi. Maxsus so’rovlarda professional ekspertlar axborot olishning bosh manbai hisoblanadi.
Proyektiv metodlar (psixologiyaga xos)–insonning produktiv faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita o’rganish usuli.
Testlash (psixologiya va pedagogikada)–standartlashtirilgan topshiriqlar bo’lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar (bilim, ko’nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o’lchash imkonini beradi. Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi–intellekt testlari (mashhur Q koeffisiyenti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g’irrom tadqiqotchining qo’lida testlar jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Biografik va avtobiografik metodlar.
Sosiometriya metodi–ijtimoiy hodisalarni o’rganishda matematika vositalaridan foydalanish. Undan ko’pincha «kichik guruhlar»ni va ulardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishda foydalaniladi.
O’yin metodlari–boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. Imitasion o’yinlar (ishbilarmonlik o’yinlari) va ochiq o’yinlar (ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. O’yin metodlari orasida psixodrama va sosiodrama alohida o’rin tutadi. Ularda ishtirokchilar tegishincha individual va gruppaviy vaziyatlarni ko’rib chiqadilar.
Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining o’ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog’liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo’lgan bifurkasiya, «fluktuasiya», «dissipasiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to’lqin) degan innovasion tushunchani kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |