Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi fanidan
Download 64.6 Kb.
|
2 5456579825844098037 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: Xidirov M Bajardi: Toirova Z Toshkent- 2022 yil MUNDARIJA
- KIRISH …....................................................................................... 1 - 2
- II BOB Bilish metodlari va ularning turlari. Falsafa taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamtyati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEKNOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI FALSAFA VA MA’NAVIYAT KAFEDRASI BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI. BILISH NAZARIYASI FANIDAN KURS ISHI Mavzu:Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar Ilmiy rahbar: Xidirov M Bajardi: Toirova Z Toshkent- 2022 yil MUNDARIJA:
Kirish Insonning o’zini qurshagan dunyoga bo’lgan munosabatlaridan biri bu bilishdir . Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni ,yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan , balki o’zining ruhiy va ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Insonning dunyoni bilishini falsafa ham , boshqa hamma aniq fanlar ham o’rganadi Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini , ularning qonunyatlarni va xususiyatlarni o’rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini qonunyatlarni va xususiyatlarni o’rganadi va ochib beradi . Falsafa paydo bo’lgandan beri insonda turli xil savollar paydo bo’ladi. Dunyoni bilish mumkinmi? Uning chegarasi bormi? Agar dunyoni bilib bo’lsa unda fan uning qaysi tomonini biladi? Falsafada bilishning qaysi tomonlari qoladi? Dunyoni bilishda qanday usullardan foydalanadi? Bilimning turli darajalari, bosqichlarini qanday qilib farqlash mumkin, undagi umumiylik nimada. Ilm fan faoliyatini va uni amalga oshirilgan eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamyatga ekanligi, falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’illanuvchi maxsus sohasi genesologiya hisoblanadi. Genesologiyaning vazifasi , bu ko’rinmas ongni idrok etish , uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash , uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat . Umumiy olganda genesologiya ong , bilish , bilimni o’rganish bilan shug’illanadi. Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma’lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta’limot sifatida, hech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi.Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga tagiga suv quyadi, ularga putur yetkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi.Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etish natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma’lumotga ega bo‘lamiz. Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib etishga shu yo‘sinda da’vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz. Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga qodir emas, deb ta’kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba’zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.Shunga qaramay, bugungi kunda ham agnostik xulosalarni neopozitivizm, fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Kurs ishining maqsad va vazifalari: Bilish metodologiyalarining turlarinining kelib chiqishi, tarixi, rivojlanishini va ularning amaliy ahamyatini o‘rganish, hozigi kunda ilm-fan xususan falsafa fani tarqqiyotida ularnii bevosida tadbiq etish. Download 64.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling