Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi fanidan
Download 64.6 Kb.
|
2 5456579825844098037 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissipativ tizim
- Attraktorlar
Bifurkasiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I. Prigojinning fikriga ko’ra, bifurkasiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseyevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkasiya holatidir».
Fluktuasiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuasiyalar va tizimning o’zida vujudga keladigan fluktuasiyalar farqlanadi. Ba’zan fluktuasiyalar juda kuchayib, tizimni to’la egallab olishi va mohiyat e’tibori bilan uning mavjudlik tartibini o’zgartirib yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo’lgan «tartib turi»dan olib chiqadi, ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo’qmi1 – bu masalaning boshqa tomoni. Dissipativ tizim ta’sirlar tarqaladigan tizim hisoblanadi. Umuman olganda, bu fluktuasiyalar to’la qamrab olgan tizim xulq-atvorining xususiyatidir. Har xil ta’sirlarga o’ta ta’sirchanlik va buning natijasida haddan tashqari nomuvoziylik – dissipativ tizimning asosiy xossasidir. Attraktorlar to’plamlarni o’ziga tortuvchi, elementlar intiladigan markazlarni hosil qiluvchi tuzilma. Masalan, bir yerga olomon to’planganida, o’z yo’nalishida harakatlanayotgan odam unga e’tibor bermasdan o’tib keta olmaydi. Uning trayektoriyasi olomon tomonga buriladi. Kundalik hayotda bu qiziquvchanlik, deb ataladi. O’z-o’zini tashkil etish nazariyasida mazkur jarayon «to’planish nuqtasiga siljish» deb nomlanadi. Attraktorlar o’z atrofiga stoxastik elementlarni to’playdi, shu tariqa muhitni tuzilmalarga ajratadi va tartib o’rnatish ishtirokchisiga aylanadi. Dunyoning postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va stoxastiklik singari voqyelikning obyektiv, universal xususiyatlari, deb e’tirof etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo’ladi. Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning diqqat markazida turadi. Sinergetika – strukturogenezning eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashni o’z predmetiga aylantirgan o’z-o’zini tashkil etish nazariyasidir. Download 64.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling