Borliq va rivojlanish falsafasi. Bilish nazariyasi fanidan
Download 64.6 Kb.
|
2 5456579825844098037 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ideografik metod
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo’lib, u ijtimoiy hodisa va voqyealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni tushunish g’oyalari bilan to’ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sosiologiya va kulturologiyada tobora keng qo’llanilmoqda.
Ijtimoiy eksperimentlar tobora rivojlanmoqda, ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko’maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment obyekti odamlarning ma’lum guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo’lib, ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to’g’ri keladi, tadqiqotchi esa o’zi o’rganayotgan vaziyatga bevosita qo’shiladi. Psixologiyada muayyan ruhiy faoliyat qanday shakllanishini aniqlash uchun tajriba o’tkazilayotgan shaxs turli eksperimental sharoitlarga qo’yiladi va unga ma’lum masalalarni hal qilish taklif etiladi. Bunda murakkab ruhiy jarayonlarni shakllantirish va ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq qilish mumkin. Mazkur yondashuv pedagogik psixologiyada shakllantiruvchi eksperiment, deb nomlanadi. Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va prinsiplarga qat’iy rioya etishni talab qiladi. Bu yerda (tibbiyotda bo’lgani singari) «ziyon yetkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga kirish quroli bo’lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy xususiyati. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod va amallardan tashqari, mazkur fanlarning predmeti bilan bog’liq maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: Ideografik metod–alohida tarixiy faktlar va hodisalarning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflash. Dialog («savol-javob metodi»). Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu bobning keyingi paragrafida batafsil so’z yuritiladi). Hujjatlarni tahlil qilish–son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontent-analiz). Download 64.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling