Prujinali ilgaklar (84v-rasm) mayda toshlar va ildizlar ko'p bo'lmagan tuproqlarga ishlov berish uchun ishlatiladi, ular qattiq tuproqlarga ishlov berish uchun yaroqsiz.
Yumshatuvchi iskanalar yoki dala ilgaklari (84g-rasm) mineral, eskidan shudgorlanib kelingan, o'simlik qoldiqlari bo'lmagan tuproqlarni yumshatish uchun asosiy va ekish oldidan ishlov berishda qo'llaniladi. Ular rivojlangan uvalash burchagiga ega bo'lganligi uchun
tuproqni jadal yumshatadi, ammo ifloslangan tuproqlarda ularga o'simlik qoldiqlari oson tiqilib qoladi. Kesish qismining qamrash kengligi 25-55 mm. O'zMEI olimlari tomonidan paxta hududlari uchun frezali kultivatorga bir qator ishchi organlar (85-rasm) ishlab chiqilgan. Tekshirishlar natijasida tajribaviy ishchi organ (85III-rasm) eng samarali deb topilgan.
Boronalar
Boronalar tuproqqa yuza ishlov beradigan qurollardir. Ular tuproqning yuqori qatlamini yumshatish,
dala yuzasini tekislash, qatqaloqni parchalash,
kesaklarni maydalash, begona o'tlarni yo'qotish, urug' va o'g'itlarni ko'mish uchun ishlatiladi. Boronalar ishchi organlarining konstruktsiyasiga ko'ra tishli va diskli bo'ladi. Agregatlash usuliga qarab tirkama va osma boronalarga ajratiladi.
Tishli boronalarning tasniflanishi va ularning konstruktsiyasi elementlari
Tishli boronalar eng oddiy qurollar hisoblanadi. Bunday boronalarning ishchi organi tish ko'rinishida bo'lib, ikki yoqli pona kabi ishlaydi: oldingi qirrasi bilan tuproqni yoradi (kesadi), yonbosh qirralari bilan esa uning zarralarini
ikki tomonga suradi, ezadi va aralashtiradi va katta kesaklarni parchalaydi. Tishlar konstruktsiyasiga ko'ra to'g'ri, panjali va prujinasimon egilgan ustunli bo'ladi. Kvadrat kesimli tishning uchi qiya kesilgan. Tishli boronalar bilan tuproqqa 3-10 sm chuqurlikka ishlov beriladi.