Universal to'rsimon borona tishlarining uzunligi kamayib boradigan uchta ketma-ket bog'langan zvenolardan iborat: birinchi zvenoda uchi o'tkirlangan uzun dumaloq tishlar, ikkinchisida - pichoqsimon uchli dumaloq tishlar va uchinchisida - o'tmas uchli dumaloq tishlar bo'lib, har bir zvenodagi bitta tishga yuklama mos holda 0,85; 4,9 va 3,43 N ni tashkil qiladi.
Yengillashtirilgan to'rsimon boronalar universal to'rsimon boronalarning modifikatsiyasi hisoblanadi va ular ancha yengil sharoitlarda ishlash uchun mo'ljallangan.
Maxsus to'rsimon boronalar - otqashlagichlar oldingi ikki boronalardan ishchi organlarining shakli bilan farq qiladilar: boronaning kengligi va uzunligi bo'yicha har ikkinchi tish dumaloq va uni uchi "o'rdak panjasi" shaklida qilingan.
Prujinali boronalar prujinasimon po'latdan yasalgan uzun egilgan tishlarga ega. Ular og'ir va yengil boronalarga ajratiladi. Og'ir boronalar uchun har bir tishga bosim (yuklama) 6,85-18,6 N ni tashkil qiladi, yengil boronalarda ularning tishiga yuklama siquvchi prujinalar bilan ta'minlanadi.
Prujinasimon tishlar kesaklarni yaxshi parchalaydi, shuning uchun ularni toshli va chimli tuproqlarda hamda ildizpoyali begona o'tlar bilan ifloslangan yerlarda qo'llaydilar. Prujinasimon tishlarni kuchli tebranishi tufayli bunday tishlar bilan jihozlangan boronalarga kam darajada begona o'tlar tiqiladi. Ish paytida tuproqni o'ta maydalanishi prujinasimon tishlarni kamchiligiga kiradi.
O'tzorbop boronalar tishli boronalarning bir turi hisoblanadi. Ularning ayrim zvenolari sharnirli qilinadi. Bu esa ularni o'tzor yuzasining notekisliklariga yaxshi moslashuvini ta'minlaydi. O'tzorbop boronalarining ishchi organlari bir yoki ikki uchi o'tkirlangan pichoqsimon tishlar bo'lib, har bir tishga yuklama 8,813,7 N ni tashkil qiladi.
Qo'zg'almas tishli boronalar (yengil, o'rta, og'ir) ko'pincha plug yoki kultivator bilan ishlov berilgandan keyin tuproqning yuqori qatlamlarini yumshatish, ekishdan oldin dala yuzasini tekislash, kesaklar va qatqaloqni parchalash, sochib ekilgan urug'lar va o'g'itlarni ko'mish, begona o'tlarni yo'qotish, beda ekilgan yerlarda va o'tzorlarda o'g'itlarni ko'mish uchun qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |