Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi
Qattiq gardishli g'ildirak
Download 0.89 Mb.
|
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pnevmatik shinali gildiraklar
- Tayanch iboralar
- Boronalar va galtaklarning nazariyasi va hisobi Tishli boronalarning asosiy parametrlari
- Borona tishlari.
Qattiq gardishli g'ildirak qavariq, botiq va to'g'ri chiziqli shaklda bo'lishi mumkin. Qavariq gardishli g'ildirak ponaga o'xshash tuproqqa ta'sir qiladi va katta chuqurlikka botadi. Eng kichik iz (koleya) gardishning shakli botiq bo'lganda yuzaga keladi, ammo bunda tuproqni g'ildirakka yopishishi bartaraf qilinmaydi.
G'altaklar. a - halqali tepkili uch seksiyali g'altak 3KKSh-6; b - halqali-tishli g'altak KKN-2,8; v -osma boronasimon g'altak KBN-3; g - tekis suv solinadigan g'altak 3 KVG-1,4; 1, 5 - o'qlar; 2 -disklar; 3, 6 - ballast qutilari; 4, 7 -halqalar. Pnevmatik shinali g'ildiraklar eng ko'p tarqalgan, ularning ko'pchiligi past bosimli - 85-250 Pa. Qattiq gardishli g'ildiraklarga nisbatan tuproqqa kichik solishtirma bosimi tufayli ular ta'sirida tuproq kam zichlashadi va dumalanishga qarshilik kichik bo'ladi. Undan tashqari ular amortizator vazifasini bajarib turtki va zarbalarni yumshatadi va harakat tezligini oshirishga imkon beradi. Tayanch iboralar Tishli borona, diskli borona, yengil, o'rta va og'ir borona, ko'ndalang kesim, tishni ramaga berkitish turi, panjasimon borona, to'rsimon borona, prujinasimon borona, shleyfli borona, dalabop, bog'bon va botqoqbop diskli borona, dalabop va botqoqbop g'altak, tekis tsilindrik, tekis chiviqli, halqali, boronasimon va xivichli g'altak. Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Tishli boronalarning asosiy parametrlari Tishli boronalarning tekis ishlashi (ishlov berish chuqurligining barqa-rorligi) ularning tishlarini uzunligiga bog'liq. Tish qancha uzun bo'lsa, boronaning ish davomida muvozanatligi shuncha kamroq bo'ladi. Uzun tishlarda, ya'ni tuproq yuzasi ustida rama past joylashganda boronalar tez tiqiladi. Amalda tishlarning uzunligini quyidagicha aniqlash tavsiya qilinadi: Borona tishlari. a - kvadrat kesimli; b - doira kesimli; v,g,d - to'rsimon boronaning tishlari; e - o'toq qiladigan boronaning prujinasimon tishlari; j - o'tloq boronaning pichoqsimon tishi. Og'ir boronalar uchun h = 16 mm, l = 195 mm; o'rtalari uchun - h=16 mm, l =170 mm (73a-rasm), yengillari uchun d=14 mm, l= 100 mm. To'rsimon boronalarning tishlari prujinasimon simdan yasaladi: d=8-10 mm va l= 180-210 mm (73e-rasm). Boronaning tishini o'rnatilishi uning qirrasini yotiq tekislik bilan hosil qiladigan burchak a bilan tavsiflanadi. Tishning tuproqqa ta'sir xarakteri bu burchakning qiymatiga bog'liq. Agar a=n/2 bo'lsa (73a-rasm) qirra tuproq agregatiga tezlikning yo'nalishi bilan to'g'ri keladigan normal kuch R=N bilan ta'sir qiladi. Bunda tuproqni yumshatilishi uning nam qatlamlarini yuzaga chiqarmasdan amalga oshiriladi, tish tuproqqa boronaning massasidan keladigan og'irlik kuchi Pt ta'sirida botadi. Agar a Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling