Diskli boronalarning tasniflanishi va konstruktsiyasining asosiy elementlari
Diskli boronalar bo'z, botqoq va butazor yerlarga ishlov berganda chimli palaxsalarni va kesaklarni maydalash hamda o'tzor va o'tloqlarni yaxshilash uchun ishlatiladi.
Diskli boronalar vazifasiga ko'ra dalabop, bog'bop va botqoqbop, traktor bilan bog'lanish usuliga qarab osma va tirkalma boronalarga bo'linadi. Diskli boronalar simmetrik va nosimmetrik og'ir va yengil bo'ladi.
Diskli boronalarda ishchi organ sifatida chetlari o'tkirlangan tekis va botiq sferik disklar qo'llaniladi. Og'ir boronalar kesik disklar bilan jihozlangan (71-rasm).
Disklarning xarakterli ayrim xususiyati shundan iboratki, ular ish jarayonida mashina yoki qurol ramasi bilan ilgarilanma harakat qilishi bilan birga tuproq reaksiyasi ta'sirida ham aylanadi. Ilgarilanma harakat qiluvchi ishchi organlardan farqliroq o'simlik qoldiqlari bilan kam tiqiladi. Ish vaqtida borona katta bo'lmagan palaxsani qirqadi, ularni maydalaydi va qisman ag'darib chetga tashlaydi. Diskli ishchi organli qurollarni qo'llanilishi faqat toshlar bilan ifloslangan tuproqlarda cheklangan, chunki disklarning tig'larini mustahkamligi kam bo'lgani uchun ular sinadi, deformatsiyalanadi va tez o'tmaslashadi.
Dalabop diskli boronalar haydalgan dala yuzasidagi chimli palaxsalarni va kesaklarni maydalash, kuzgi shudgorga bahorda ekish oldidan ishlov berish, ba'zi bir hollarda esa ekilmagan shudgorni kultivatsiya qilish, angizga ishlov berish va o'tzorlarni jonlashtirish uchun qo'llaniladi. Ishlov berish chuqurligi 6-10 sm, disklar diametri 450-500 mm, disklar orasidagi masofa 165-180 mm, harakat yo'nalishiga nisbatan disklarni o'rnatish burchagi a = 10-22°.
Odatda, dalabop boronalar ikki izli simmetrik bo'ladi. Ammo oxirgi paytda quvvatli traktorlar bilan agregatlash uchun ikki izli nosimmetrik boronalar ham qo'llanilayapti. Kam quvvatli traktorlar bilan qamrash kengligi kichik bo'lgan osma boronalar qo'llaniladi. Quvvatliroq traktorlar bilan ishlash uchun qamrash kengligi 4 m gacha bo'lgan qattiq konstruktsiyali va qamrash kengligi 10 m gacha bo'lgan sharnirli konstruktsiyali ramali tirkalma diskli boronalar qo'llaniladi. Bu turdagi boronalar yo'llarda pnevmatik gupchakli g'ildiraklar bilan harakatlantiriladi. Borona ishchi holatdan transport holatga gidrotsilindrlar yordamida o'tkaziladi.
b
b
Do'stlaringiz bilan baham: |