Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi
Diskli batareyalarning bog'lanish sxemasi
Download 0.89 Mb.
|
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogir yoki botqoqbop diskli boronalar
- Galtaklar va gildiraklar
Diskli batareyalarning bog'lanish sxemasi.
Bog'bop boronalar asosan tirkalma nosimmetrik, bu esa boronani tortish chizig'ini ko'ndalang yo'nalishda siljitishni ta'minlaydi, shuning uchun traktor bu borona bilan bir xil qamrash kenglikdagi simmetrik diskli boronaga nisbatan bog' daraxtlari qatoridan uzoq masofada harakat qilishi mumkin. Bog'bop boronalar mevali daraxtlar qator oralig'ida tuproqni yumshatish va begona o'tlarni o'ldirish uchun qo'llaniladi. Bog'bop boronalarning o'rnatish burchagi va disklarining diametri dalabop boronalarnikidan katta (disklar diametri 560 mm gacha; a=15-25°). Bog'bop borona qayta o'tganda uning ishlov berish chuqurligi 14 sm gacha bo'lishi mumkin. Og'ir yoki botqoqbop diskli boronalar 25 sm chuqurlikgacha quritilgan botqoqlarga birinchi ishlov berish va butazor-botqoq pluglari bilan ko'tarilgan palaxsalarni bo'laklash uchun qo'llaniladi. Bu turdagi boronalar odatda tirkama ikki izli simmetrik bo'ladi. Ba'zida bir izli osma boronalar ham qo'llaniladi. Disklar orasidagi bo'shliqqa chimlar va butalarning shoxlari tiqilib qolmasligi uchun og'ir boronalarning disklari diametri 560-660 mm, disklar orasidagi masofa esa 230-280 mm. Bu turdagi boronalarda disklarning batareyasi oldida butalarning shoxlari yig'ilib qolmasligi uchun kesik disklar o'rnatiladi. Kesiklar uchburchak shaklida bo'lib, disk tig'ining butun uzunligi bo'yicha teng masofalarda joylashgan, ularning soni 8-12. Disklarning o'rnatish burchagi 10-20°. G'altaklar va g'ildiraklar G'altaklar ishchi organlar qatoriga kiradi, chunki ular texnologik operatsiyani bajarish uchun, ya'ni tuproqni zichlash uchun mo'ljallangan, g'ildiraklar esa yordamchi, xizmatchi organlarga kiradi, chunki ular tayanch yoki bir vaqtda tayanch va mashinani harakatlantiruvchi vazifani o'taydilar. Ularni geometrik shaklining bir xilligi (ular asosida aylanadigan gorizontal o'qli tsilindr yotadi) va tuproqqa ta'siri xarakterining o'xshashligi birlashtiradi. G'altaklar tuproqqa ekishdan oldin va ekishdan keyin ishlov berish uchun qo'llanilishi mumkin. Ular ekishgacha dala yuzasini tekislash, kesaklarni parchalash, asosiy ishlov berishdan keyin joylashmagan tuproqni zichlash uchun qo'llaniladi. Ekishdan keyin g'altaklar yuqori qatlamni zichlab, urug'larni tuproq bilan bog'lanishini yaxshilaydi, natijada o'g'itlar tezroq unib chiqadi. Qurg'oq hududlarda tuproqni zichlash undagi namni bug'lanib ketishini kamaytiradi. Vazifasi bo'yicha dalabop va botqoqbop g'altaklarga bo'linadi G'altaklar tekis tsilindrik yoki tuproqqa intensiv ta'sir qilish uchun mo'ljallangan har xil turdagi xivichlar, radial va o'q bo'yicha bo'rtiqlar bilan jihozlangan ayrim halqa va disklardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun yuzasining shakli bo'yicha tekis tsilindrik, tekis chiziqli, halqali (ponasimon), halqali tishli, halqali tepkili, boronasimon va xivichli g'altaklar bo'ladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling