Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi


Download 0.89 Mb.
bet7/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1251513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Halqali-tishli g'altak (71g-rasm) ponasimon va tishli ishchi yuzali galma-gal o'rnatilgan halqalar to'plamidan iborat. Bunday g'altak tuproq qatlamini 7 sm gacha chuqurlikda zichlaydi va yuza qatlamni 4 sm qalinlikkacha yumshatadi. Ponasimon halqalarning diametri 350 mm, tishlilarniki 360 mm, uzunligi 1 m, bir santimetr uzunlikka solishtirma bosimi 23 N. Halqalarni yopishgan tuproqdan va o'simlik qoldiqlaridan tozalanishi ularni har xil tezlikda aylanishi tufayli amalga oshiriladi. Notekis mikrorelyefli tuproqlarga yaxshi ishlov berish va halqalarni yaxshi tozalash uchun ularni radial yo'nalishda siljish imkoniyati (10 mm gacha) konstruktsiyada ko'zda tutilgan.
Halqali-tepkili g'altak (71d-rasm) tepkilar (shporalar) bilan jihozlangan halqalar to'plamidan iborat. Tepkilar tuproqqa chuqurlashib pastki yuza ostgi qatlamni zichlaydi, tuproqdan chiqish jarayonida esa yuqori yuza qatlamni yumshatadi. Halqalarning diametri 545 va 520 mm, ballastning massasiga bog'liq ravishda 1 sm uzunlikka solishtirma bosim 27 dan 42 N gacha.
Boronasimon g'altak (71e-rasm) vintsimon chiziq bo'yicha joylashgan tishlar bilan jihozlangan tsilindr ko'rinishida bo'ladi. G'altakning massasi ta'sirida tuproq zichlashadi, tishlar esa uni yuza qatlamini yumshatadi va qatqaloqni parchalaydi. G'altakning diametri 160 mm, uzunligi 650 mm, tishning diametri 16 mm, uzunligi 30 mm.
Xivichli yoki panjarasimon g'altaklar disklarga yoki chambaraklarga berkitilgan dumaloq xivichlar yoki uchburchak (ugolnik) temirdan yasaladi. Ular kesaklarni maydalash va tuproqni zichlash uchun xizmat qiladi. G'altakning ichiga tushgan kesaklar uni aylanishi natijasida parchalanadi va tushadi.
G'altaklar ekish va ko'chat o'tqazish mashinalarida ham tuproqni tekislash va zichlash uchun keng qo'llaniladi.
G'ildiraklar qattiq gardishli (tegarchakli) va pnevmatik shinali (rezina gardishli) yetaklovchi va yetaklanuvchi bo'ladi. Mashina harakatlanganda faqat tayanch vazifasini bajaradigan g'ildiraklar yetaklanuvchi deb ataladi. Bunday g'ildiraklarni dumalashi tortish kuchi yoki g'ildirak o'qiga qo'yilgan itaruvchi kuch ta'sirida yuzaga keladi. Ba'zida etaklanuvchi g'ildirak mashinaning ishchi va yordamchi organlariga harakat berish uchun ham qo'llaniladi. Yetaklovchi g'ildirak aylantiruvchi momentni quvvat manbaidan (dvigateldan) oladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling