Bosh ilmiy-metodik markazi
Modulning maqsad va vazifalari
Download 449.5 Kb.
|
3 3 Она тили ва адабиётни касбга йўналтириб ўjитишни лойиhалаштириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Modulning maqsad va vazifalari
“Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” moduli dasturi doirasida berilayotgan mavzular professional ta’lim tizimi bo‘yicha pedagog kadrlarni malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejalari asosida shakllantirilgan. “Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” kursining maqsadi pedagog kadrlarni innovatsion yondoshuvlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni yuksak ilmiy-metodik darajada loyihalashtirish, sohadagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy bilim va malakalarni o‘zlashtirish va amaliyotga joriy etishlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, shuningdek ularning ijodiy faolligini rivojlantirishdan iborat. Modulning vazifalariga quyidagilar kiradi: -“Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” modulida pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini takomillashtirish va rivojlantirish; -pedagoglarning ijodiy-innovatsion faollik darajasini oshirish; -mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng tatbiq etilishini ta’minlash; -mutaxassislik fanlar sohasidagi o‘qitishning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalarini o‘zlashtirish; “Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” modulida malaka oshirish jarayonlarini fan va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash. Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar “Ona tili va adabiyotni kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish” modullari bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar professional ta’lim tizimi bo‘yicha pedagog kadrlarni malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari bilan belgilanadi. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha tinglovchilar quyidagi yangi bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalarga ega bo‘lishlari talab etiladi: Tinglovchi: ona tili va adabiyoti fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va tarqatma vositalarini tayyorlash; • muammoli metodlar asosida dars ishlanmalarini tayyorlash; • o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashda xalqaro baholash talablaridan foydalanish; • o‘quvchilarning kasbiy layoqat, moyillik, qiziqish hamda qobiliyatlarni aniqlash; • zamonaviy o‘zbek hamda jahon adabiyoti namunalarini o‘qitish; • ona tili va adabiyoti fanlarni o‘qitishda kasbga yo‘naltirish; • kasbga yo‘naltirishda o‘quvchi shaxsiga individual yondoshish; • badiiy asarlarni tahlil qilishda chizmali grafiklardan foydalanish; • ona tili va adabiyoti fanlarni o‘qitishda kasbga yo‘naltirib o‘qitish malakalariga ega bo‘lishi zarur. Download 449.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling