Bоsh miya funksiоnаl tаshkil etilishi nеyrоpеdаgоgikаning tаdqiqоt оb’yеkti sifаtidа. - Neyropedagogika – kognitiv neyrologiya, differensial psixofiziologiya va neyropsixologiyaning o‘quvchi shaxsi tomonidan turli o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda uning bosh miyasi faoliyatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda o‘quvchi va pedagogning individual lateratsiya profili variantlarining bir-biriga mos kelishini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish to‘g‘risidagi fandir. Neyropedagogika fani pedagogika, psixologiya, neyrologiya va kibernetika fanlarining klassik asoslarga tayanib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni o‘zida aks ettiradi.
Neyropedagogik diagnostikada inson bosh miya funksional assimetriyasining tiplari bo‘yicha bolalarni shartli ravishda uch guruhga – miyaning chap yarimshari faoliyatiga tayanadiganlar, o‘ng yarimshari faoliyatiga tayanadiganlar va miya yarimsharlar funksional assimetriyasi aralash bo‘lganlarga ajratish mumkin: - miyaning chap miya yarimshari faoliyatiga tayanadiganlar – o‘ng qo‘li, ko‘zi va qulog‘i yetakchi bo‘lganlar;
- -miyaning o‘ng yarimshari faoliyatiga tayanadiganlar – o‘ng qo‘li, biroq chap ko‘zi va qulog‘i yetakchi bo‘lganlar;
- -miya funksional assimetriyasining aralash tipi – o‘ng qo‘li yetakchi, biroq etakchi ko‘zi va qulog‘i turlicha bo‘lganlar.
Miya vaznining yoshga qarab o’zgarishi - Bosh miyaning o’sishi va rivojlanishi. Yangi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning vazni 340-400 g ni tashkil etadi, bu esa uning gavda og’irligining 1/8 –1/9 qismini takshil etadi. Miyaning vazni yoshga qarab o’zgara boradi.
Yosh
|
Miyani vazni, g
|
Yosh
|
Miyani vazni, g
|
Yangi tug’ilgan bola
|
400
|
13 yosh
|
1300
|
1 yosh
|
800
|
15 yosh
|
1350
|
3 yosh
|
1170
|
18 yosh
|
1380
|
7 yosh
|
1250
|
Voyaga yetgan odam
|
1400
|
Do'stlaringiz bilan baham: |