Turlari
|
Tavsifi
|
Malignizatsiya darajasi
|
Cheklangan astrositoma
| |
O’sma yaxshi chegaralangan konturlar bilan. Asosan bolalar va yoshlar kasallanadi. Astrositomaning ushbu tipi yangi tomirlarni hosil qilmaydi, nekrozsiz va ba’zan qon ketishi bilan kechadi, kista shakllantiradi. Kuzatuvlarning 20% hollarida kaltsiy tuzlarining o’choqli to’planmalari (kalsifikatlar) mavjud bo’lib, ular keyinchalik suyak to’qimasiga aylanishi mumkin.
|
I daraja
|
Diffuz astrositoma
| |
Ushbu astrositoma tipi asosan past darajada yomon sifatli bo’ladi. Sekin o’sadi. O’smalarning taxminan 10 foizi agressivroq turlarga aylanadi. Kuzatuvlarning 20 foizida kalsifikatlar mavjud bo’ladi. Miya shishi kam hollarda kuzatiladi.
|
II daraja
|
Anaplastik astrositoma
|
|
Kechishi bo’yicha oldigni astrositoma tipiga o’xshaydi, ammo bosh miya shishlari bilan kechadi.
|
III daraja
|
Multishaklli glioblastoma
|
|
Ushbu miya saratoni keng tarqalgan (barcha astrositomalarning taxminan 50%). Tashqi alomatlar debyuti ko’pincha qisqa — patologiyaning aniqlanishigacha 3 oydan kamroq vaqt ketadi. Yakuni ijobiy emas, patologiya ko’pincha yangidan davom etadi. Qon ketishi, nekrozlar bilan kechadi, miya po’stlog’iga tarqaladi.
|
IV daraja
|
Oligodendroglioma bilan 40-60 yoshli kishilar kasallanadi, ba’zida u bolalikda ham aniqlanadi. O’sma nekroz o’choqlari, kistalar va kalsinatlar mavjud bo’lgan miya tuzilmalaridan ajralib turuvchi tugundan iborat bo’ladi. Bosh miya saratoni po’stlog’iga tarqalib, turli xil chuqurlikda o’sib kiradi, retsidivlarga moyil bo’ladi.
Malignizatsiya salohiyati past bo’lgan saraton yaxshiroq kechish prognoziga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |