Bosh miya katta yarim sharlari va uning funksiyalari. Рeja
Download 75.65 Kb.
|
10-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ayrim seziuvchi va harakat qismlarining joylanishi (chizma)
- Bosh miya yarim sharlarining oq moddasi.
Po’stloq arxitektonikasi. Arxitektonika – bu po’stloqni umumiy tuzilish rejasi va uning mikroskopik tuzilish xususiyatlaridir. Po’stloqni hosil qiluvchi nerv hujayralari va tolalari yetti qavatda joylashgan. Turli qavatlarda joylashgan nerv hujayralari shakli, o’lchami va joylanish xarakteri bilan farq qiladi.
I-qatlam –molekulyarli qatlam. Bu qatlamda nerv hujayralari juda kam, ular juda mayda. Bu qatlam asosan nerv tolalarining o’rimlaridan hosil bo’ladi. II-tashqi donador qatlam. Bu qatlam juda mayda, donga o’xshash nerv hujayralaridan va juda mayda piramidalar shaklidagi hujayralardan tashkil topgan. III-piramidal qatlam. Bu qatlam har ikkala birinchi qatlamlardan ham qalin bo’lib, asosan o’rta va katta piramidal hujayralardan hosil bo’ladi. IV –gangliozli qatlam. Bu qatlam katta piramidal hujayralardan tashkil topgan bo’lib, po’stloqning harakat oblastidagi piramidal hujayralar eng katta o’lchamga ega bo’ladi. Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ayrim seziuvchi va harakat qismlarining joylanishi (chizma). V – ichki donador qatlam. Bu qatlam ham II-qatlam singari turli shakldagi mayda donali hujayralardan tashkil topgan bo’lib po’stloqning turli oblastlarida bu qatlam bo’lmasligi mumkin (masalan, po’stloqning harakat oblastida). VI – polimorfli qatlam. Bu yerdagi hujayralar uchburchak va duk shaklida bo’ladi. Bu qatlam miyaning oq moddasiga tutashgan bo’ladi. Po’stloqning turli qismlarida faqat duksimon neyronlardan iborat bo’lgan VII-qatlam ham farqlanadi. Bu qatlam jiddiy darajada hujayralarga taqchil bo’lsa, shunchalik tolalarga boy bo’ladi. Barcha qatlamlardagi nerv hujayralari orasida, ularning faoliyat jarayonlarida doimiy bog’lanishlar bilan birga, vaqtinchalik bog’lanishlar yuzaga keladi. Hujayralarning tuzilishi va tarkibiy xususiyatlari bo’yicha katta yarim sharlar qator qismlarga bo’linadi va ularni po’stloqning maydonlari deb yuritiladi. Bosh miya yarim sharlarining oq moddasi. Katta yarim sharlarning oq moddasi qadoqli tanalar ustida po’stloq ostida joylashgan. Oq modda tarkibida assosiativ, komisural va proyeksion tolalar farqlanadi. Assosiativ tolalar bitta yarim sharning o’zidagi turli qismlarni o’zaro bog’laydi. Ayrim chigalliklarni va bir-biriga yaqin maydonlarni kalta assosiativ tolalar bog’laydi. Uzun tolalar esa bitta yarim shardagi turli bo’laklarning chigallarini bog’laydi. Komissural tolalar – har ikkala yarim sharning o’xshash qismlarini bog’laydi. Ularning katta qismi qadoqli tanalar orqali o’tadi. Proyeksion tolalar – yarim shar chegarasidan chiqadi. Ular yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi yo’llar tarkibiga kiradi, va ular bo’ylab po’stloqning markaziy asab tizimining quyi bo’limlari bilan bog’lanishini ta’min etadi. Download 75.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling