Bosh miya katta yarim sharlari va uning funksiyalari. Рeja


Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining o’sishi va rivojlanishi


Download 75.65 Kb.
bet4/6
Sana05.04.2023
Hajmi75.65 Kb.
#1277253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маъруза

Ontogenezda bosh miya katta yarimsharlarining o’sishi va rivojlanishi. Yangi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning vazni 340-400 g ni tashkil etadi, bu esa uning gavda og’irligining 1/8 –1/9 qismini takshil etadi. Miyaning vazni yoshga qarab o’zgara boradi.
Miya vaznining yoshga qarab o’zgarishi



Yosh

Miyaning vazni, g

Yosh

Miyani vazni, g

Yangi tug’ilgan bola

400

13 yosh

1300

1 yosh

800

15 yosh

1350

3 yosh

1170

18 yosh

1380

7 yosh

1250

Voyaga yetgan odam

1400

Miyaning jadal o’sishi bola hayotining dastlabki uch yilida yuz beradi.Homila 4 oylik bo’lgunigacha bo’lgan rivojlanishida katta yarim sharlarning yuzasi silliq bo’ladi. Homilaning 5 oyida avval yonbosh, so’ngra markaziy tepa-ensa egatlari hosil bo’ladi. Tug’ilish paytiga kelib katta yarim sharlarning po’stlog’i tuzilishi jihatidan voyaga yetgan odamlarniki tipida bo’ladi. Lekin egatlarning shakli, o’lchami holida chigalliklar tug’ilganidan keyin ham o’zgaradi.


Yangi tug’ilgan bolalarning nerv hujayralari duk shaklida bo’lib uncha ko’p bo’lmagan o’simtalarga ega bo’ladi, po’stloq esa voyaga yetgan odamlarnikidan ancha nozik va yupqa bo’ladi.
Nerv tolalarining miyelinlashishi, po’stloq qatlamlarining joylashuvi, nerv hujayralarining tabaqalanishi asosan 3 yoshga yetgach tugaydi. Bosh miyaning kelgusi rivojlanishi assosiativ tolalar miqdorining ortishi va yangi nerv bog’lanishlarning hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu yillarda miyaning vazni juda kam o’zgaradi.
Miya yarimsharlarida ko'rish, eshitish, teri, propriotseptiv, sezish, hid va ta’m bilish, nutqni eshitish, nutq harakati hamda nutq ko'rish analizatorlarining oxirgi nerv markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va burmalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola tug‘ilgandan keyin yarimsharlarning egat va burmalari kattalarninkiga o‘xshashligiga qaramasdan, egatlar uncha chuqur bo‘lmaydi va miya bo‘laklarining nisbati o'zgaradi. Bolalarning ilk yoshligida miya yarim
sharlarining ensa qismi katta larnikidan kattaroq bo'ladi. Bola tug‘ilgandan so‘ng peshona bo'lagi kattalashadi. Bolaning hayoti davomida miya yarimsharlarining massasi va sathi bosh miyaga nisbatan o‘zgarib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi vaznining 78-80% ini tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat; Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavat qalinligi, 4-4,5 mm, yuzasi 220000 kv. mm. Bosh miya yarim sharlar po'stlog'i filogenezda eng so'nggi, demak eng yosh miya bo'laklaridan hisoblanib sut emizuvchilarda, ayniqsa odamlarda juda yaxshi rivojlangan bo'ladi. Miya po'stlog'i mikroskopda tekshirilganda undagi nerv hujayralari olti qavat bo'lib joylashganligi
aniqlangan: 1-qavatda nerv hujayralarining kalta o'simtalari; 2-qavatda donasimon nerv hujayralari; 3-qavatda piramidasimon hujayralar; 4-qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5-qavatda yirik piramidasimon hujayralari; 6-qavatda duksimon nerv hujayralari joylashgan. Miya po'stlog'ining turli qismlarida, joylashgan nerv hujayralarining funksiyasiga ko'ra po'stloq sathi uchta zonaga bo'linadi; sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv
hujayralari to'plami odam tanasining barcha sezish organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko'rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezish organlarining retseptorlaridan impuPslarni qabul qiladi. Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari to'plami muskullar, paylar to'qimlar, suyaklarning retseptorlaridan impul’s qabul qilib, harakatni boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ zonalar sezish va harakatlanish organlaridan kelgan ta ’sirni analiz va
sintez qiladi. Bosh miya yarim sharlari po'stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning flkrlash, ong, o'zlashtirish, eslab qolish, muomalasi, madaniyati, bilim olish, hunar o'rganish murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati miya po‘stlog‘i faoliyatidir. Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan. po'stloqning ensa qismida ko'rish, chakkada eshitish, peshanada, iehkari sohasida hid sezish, tepa qismida harakat markazlari joylashgan, Ya’ni, shuni
ta’kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining muhimligiga qarab uning markazini miya po‘stlog‘ida egallagan o‘rni har xil bo'ladi. Masalan, qo'l panjasi odamning kundalik hayotida juda ko'p vazifani bajaradi, shuning uchun uning harakatini boshqaruvchi nerv markazi boshqa harakat markazlarining miya po4stlog'idagi egallagan o'rniga nisbatan kattadir. Bundan tashqari, yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim sharlardagi nerv markazlari odam tanasining o'ng tomonidagi, o’ng yarim shardagi nerv markazlari tananing chap tomonidagi to’qima va organlar ishini boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam tanasining barcha to'qima va organlari ishini boshqaradi. Miya po’stlog'ida avval chuqur, so4ng yuza qavatlar rivojlanadi. Miyaning yarim sharlar po'stlog'idagi harakat markazlarining tabaqalanishi 12 yoshda tugaydi, ayrim piramidasimon hujayralar rivojlanishi 18 yoshgacha davom etadi. Harakat analizatorining rivojlanishi bolaning muskul faoliyatiga bog'liq. Harakat analizatorining rivojlanishida bola tug'ilgandan so'ng birinchi haftalik, 4 yoshlik, 7 yoshlik va 12 yoshlik bosqichlari mavjud. Teri analizatorining miya po'stlog'idagi nerv markazlari bolaning 2 yoshida kattalarnikidek bo'ladi. Bolaning hayoti davomida miya yarim sharlari turli qismlarining tuzilishi va funksiyasi rivojlanib boradi. Bunda funksiya asosiy rol o’ynaydi. Shu bilan birga organizm rivojlanishi jarayonida nerv tolalari miyelinlashadi. Avval harakat nervlari, aralash nerv tolalari, so'ngra markazga intiluvchi nerv tolalari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarining miyelinlashuvi 3
yoshda, bosh miya nervlarniki esa 1-1,5 yoshda tugaydi.

Download 75.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling