Bosh miya nervlari. Bosh miya nervlari va ularning nomlari Bosh miya yarimsharlari
Download 40.52 Kb.
|
Bosh miya nervlari va ularning nomlari
G‘altak nervi
IV juft, g‘altak nervi (n. trochlearis) (143-rasm) harakatlantiruvchi nerv. Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus n.trochlearis) o‘rta miya tomi ostida pastki tepachalar sohasida joylashgan. Nerv miya asosidan yuqorigi miya yelkanining lateral tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomonidan aylanib o‘tib oldinga yo‘naladi. Nerv kalla bo‘shlig‘idan ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning ustki qiyshiq mushagini (m.obliquus superior) innervatsiya qiladi. Uch shoxli nerv V juft, uch shoxli nerv (n. trigeminus) aralash nerv. Uning harakatlantiruvchi tolalari ko‘prikda joylashgan (nucleus motorius n. trigemeni) o‘zakdan boshlanadi. Sezuvchi tolalari uch shoxli nervning tugunida (ganglion trigeminale) joylashgan sohta unipolyar hujayralarning markaziy o‘simtalari bo‘lib, ular ko‘prik (nucleus pontinis nervi trigemeni), orqa miya yo‘li (nucleus spinalia nervi trigemeni) va o‘rta miya yo‘li (nucleus mesencephalicus nervi trigemeni) o‘zaklarida tugaydi. Bu hujayralarning periferik o’simtalari yuz, peshona, chakka sohasi terisi, burun bo‘shlig‘i, tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko‘zning kon‘yunktivasi shilliq pardasida tugaydi. Uch shoxlik nerv miya asosidan ikki ildiz (sezuvchi va harakatlantiruvchi) hosil qilib ko‘prik bilan miyachaning o‘rta oyoqchasi orasidan chiqadi. Uning sezuvchi ildizi (radix sensoria) harakatlantiruvchi ildiziga (radix motoria) nisbatan qalin. Uch shoxli nerv oldinga va biroz tashqariga yo‘nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxlik nerv botiqligida joylashgan uch shoxli nerv bo‘shlig‘i (cavum trigeminale) ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxli nerv tugunini (ganglion trigeminale) (Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo‘lgani uchun yarimoysimon tugun (ganglion semilunare) deb ham ataladi. Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o‘tib, nervning III shoxi tarkibiga kiradi. Tugundan uch shoxli nervning uchta shoxi: 1)ko‘z nervi; 2) ustki jag‘ nervi; 3) pastki jag‘ nervi chiqadi. Ko‘z nervi (n. ophtalmicus) tugundan boshlanib, ko‘z kosasining yuqori tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. Ko‘z kosasiga kirgunicha undan miya qattiq pardasiga (r. meningeus) chiqib miyacha chodiriga tarqaladi. Ko‘z nervi ko‘z kosasida peshona, ko‘z yoshi va burun- kiprikli nervlarga bo‘linadi: 1. Ko‘z yoshi nervi (n. lacrimalis) ko‘z kosasining lateral devori bo‘ylab yo‘naladi. Uning shoxlari ko‘z yoshi bezini, ko‘zning lateral burchagi, yuqorigi qovoq terisini va kon‘yunktivasini innervatsiya qiladi. Nerv ko‘z yoshi beziga kirishdan oldin yonoq nervidan qo‘shuvchi tola (r.communicans cum. n. zygomatico) oladi. 2. Peshona nervi (n. frontalis) ko‘z kosasining ustki devori ostida yotib ikki shoxga bo‘linadi: a) Ko‘z kosasining ustki nervi (n. supraorbitalis) o‘z nomidagi o‘yma orqali chiqib medial (r.medialis) va lateral (r.lateralis) shoxlarga bo‘linadi. Bu nerv peshona terisini innervatsiya qiladi. b) G‘altak usti nervi (n. supratrochlearis) ko‘z olmasining ustki qiyshiq mushagi ustidan o‘tib, burun ildizi, peshonani pastki qismi, ustki qovoq, ko‘zning medial burchagi terisini va kon‘yunktivani innervatsiya qiladi. 3. Burun-kiprikli nerv (n.nasociliaris) ko‘zning medial to‘g‘ri va ustki qiyshiq mushaklari o‘rtasidan yo‘nalib quyidagi shoxlarga bo‘linadi: a) oldingi g‘alvirsimon nervlar (nn. ethmoidales anterior) burun bo‘shlig‘i va peshona suyagi bo‘shligi shilliq pardasiga. b) burun shoxlar (rr. nasalis) burun bo‘shlig‘i oldingi qismi shilliq pardasiga. d) 2-4 ta uzun kipriksimon nervlar (nn. ciliares longi) oldinga tomon yo‘nalib ko‘z olmasining oqliq va tomirli pardasiga boradi. e) g‘altak osti nervi (n. infratrochlearis) ustki qiyshiq mushak ostidan o‘tib ko‘zni ichki burchagi pastki qovoq va burun ildizi terisini innervatsiya qiladi. f) orqa g‘alvirsimon nervlar (nn. ethmoidales posterior) g‘alvirsimon katakchalar va ponasimon suyak bo‘shlig‘i shilliq qavatini innervatiya qiladi. Uning shoxi r.meningeus anterior bosh miya qattiq pardasini innervatiya qiladi. g) qo‘shuvchi shox (r. communicans cum ganglion ciliare) sezuvchi tolalardan iborat bo‘lib, kiprikli tugunga boradi. Kiprikli tugun (ganglion ciliare) parasimpatik nerv tizimi tarkibiga kiradi. Undan chiqqan 15-20 ta kalta kiprikli nervlar (nn.cilliares breves) ko‘z olmasini sezuvchi va vegetativ innervatsiya qiladi. Yuqori jag‘ nervi (n. maxillaris) uch shoxli tugundan boshlanib, oldinga qarab yo‘naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi. Teshikka kirishdan oldin undan o‘rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini innervatsiya qiluvchi r. meningeus medius chiqadi. Qanot-tanglay chuqurchasida ustki jag‘ nervidan quyidagi shoxlar chiqadi: 1.Ko‘z kosasining pastki nervi (n. infraorbitalis) yuqori jag‘ nervini bevosita davomi. Ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. Ko‘z kosasida ko‘z kosasi osti egatda yotadi va ko‘z kosasi osti kanali orqali ustki jag‘ning oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda nerv quyidagi shoxlarni beradi. Bular pastki qovoq terisiga yo‘naluvchi pastki qovoq shoxlari (rr.palpebrales inferiores), tashqi burun terisiga tarqaluvchi burun shoxlari (rr.nasales externi), yuqori lab shoxlari (rr.labiales superiores). Bundan tashqari ko‘z kosasi egatida va kanalida undan yuqorigi oldingi, o‘rta va orqa alveolyar shoxlar (rr.alveolares superiores anteriores, medius et posteriores) chiqib, yuqori jag‘ ichida yuqori jag‘ chigalini hosil qiladi. Uning yuqori tishlar shoxlari (rr.dentales superiores) yuqori jag‘ tishlarini innervatsia qilsa, yuqori milk shoxlari (rr. gingivales) milkni innervatsia qiladi. Ko‘z kosasining pastki nervining burun ichi shoxlari (rr.nasales interni) burub bo‘shlig‘i oldingi qismi shilliq pardasini innervatsia qiladi. 2.Yonoq nervi (n. zygomaticus) yuqori jag‘ nervidan qanot tanglay chuqurchasida boshlanib, ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. Bu yerda ko‘z yoshi nerviga qo‘shiluvchi parasimpatik tolani beradi. Keyin nerv yonoq suyagining yonoq-ko‘z kosasi teshigiga kirib, suyak ichida ikki shoxga bo‘linadi. Yonoq-chakka shoxi (r. zygomaticotemporalis) o‘z nomidagi teshik orqali chiqib chakka sohasi va ko‘zning tashqi burchagi terisini innervatsiya qiladi. Yonoq-yuz shoxi (r. zygomaticofacialis) o‘z nomidagi teshik orqali chiqib, yonoq sohasi terisini innervatsiya qiladi. 3.Tugun shoxlari (rr. ganglionares) tarkibida sezuvchi va parasimpatik tolalar bo‘lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo‘shiladi. Qanot-tanglay tuguni (ganglion pterygopalatinum) parasimpatik nerv tizimi tarkibiga kirib, undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) medial va lateral ustki orqa burun shoxlari (rr. nasales posteriores superiores mediales et laterales) ponasimon-tanglay teshigi orqali kirib, burun bo‘shlig‘i shilliq pardasini va bezlarini innervatsiya qiladi. Uning medial shoxining yirik tarmog‘i bo‘lgan burun-tanglay nervi (n. nasopalatinus) keskich kanal orqali qattiq tanglay shilliq pardasiga tarqaladi. b) katta va kichik tanglay nervlari (n.palatinus major et minores) shu nomdagi kanal orqali o‘tib, yumshoq va qattiq tanglay shilliq pardasiga boradi. d)pastki orqa burun shoxlari (rr. nasalis posteriores inferiores) burun bo‘shlig‘i pastki qismlari shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Pastki jag‘ nervi (n. mandibularis) tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar bo‘ladi. U kalla bo‘shlig‘idan cho‘zinchoq teshik orqali chiqib harakatlantiruvchi va sezuvchi shoxlarga bo‘linadi. Uning harakatlantiruvchi shoxlari quyidagilar: 1.Chaynov nervi (n. massetericus) o‘z nomidagi mushakni innervatsiya qiladi. 2.Chuqur chakka nervlari (nn.temporalis profundi) chakka mushagini innervatsiya qiladi. 3.Lateral va medial qanotsimon nervlar (nn. pterygoidei lateralis et medialis) lateral va medial qanotsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. 4. n. musculi tensoris veli palatini, tanglay chodirini taranglovchi mushakni innervatsiya qiladi. 5.n. musculi tensoris tympani, nog‘ora pardani taranglovchi mushakni innervatsiya qiladi. 6.jag‘-til osti nervi (n. mylohyoideus) jag‘-til osti mushagini innervatsiya qiladi. 7.n. digastricus, ikki qorinli mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya qiladi. Pastki jag‘ nervining sezuvchi shoxlari quyidagilar: 1.Meningeal shox (r. meningealis) qirrali teshik orqali kalla ichiga kirib, o‘rta kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning qattiq pardasini innervatsiya qiladi. 2.Lunj nervi (n.buccalis) lunj mushagining tashqi yuzasida yotadi. Uni teshib o‘tib, lunjning shilliq pardasini va og‘iz tirqishi burchagi terisini innervatsiya qiladi. 3.Quloq-chakka nervi (n. auriculotemporalis) tashqi eshituv yo‘lini oldidan yuqori tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo‘naladi. Undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) r.articularis chakka-pastki jag‘ bo‘gimiga. b) n.meatus acustici externi tashqi eshituv yo‘li terisi va nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasiga. d) nn.auriculars anteriores quloq suprasini oldingi qismiga. e) chakkaning yuzaki shoxlari (rr.temporales superficialis) chakka sohasi terisiga. f) quloq tuguniga rr.ganglionares ad ganglion oticum. g) quloq oldi beziga (r.parotoidei). Quloq oldi tuguni (ganglion oticum) pastki jag‘ nervi cho‘zinchoq teshikdan chiqqan joyda uning medual tomonida yotadi. 4.Tilning sezuvchi nervi (n. lingualis) pastga va oldinga tomon yo‘nalib ravoq hosil qiladi. Uning tarkibidagi sezuvchi tolalar tilning oldingi 2/3 qismidan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasidan og‘riq, harorat sezgisini qabul qiladi. Sezuvchi tugun shoxlari (rr. ganglionares) va nog‘ora toridan qo‘shilgan parasimpatik tolalari jag‘ osti (ganglion submandibulare) va til osti tugunlariga (ganglion sublinguale) qo‘shiladi. 5.Pastki alveolyar nerv (n. alveolaris inferior) eng katta shox. Pastki jag‘ kanalidan o‘tib engak teshigi orqali chiqadi va engak shoxi (r.mentalis) bo‘lib engak va pastki lab terisini innervatsiya qiladi. Pastki jag‘ kanalidan o‘tayotganida uning shoxlari pastki tishlar chigalini (plexus dentales inferiores) hosil qiladi. Bu chigaldan chiquvchi pastki tishlar shoxlari (rr. dentales inferiores) va pastki milklar shoxlari (rr.gingivales inferiores) pastki jag‘ tishlari va milklarini innervatsiya qiladi.
Download 40.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling