Bosh miya nervlari. Bosh miya nervlari va ularning nomlari Bosh miya yarimsharlari
Download 40.52 Kb.
|
Bosh miya nervlari va ularning nomlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- (m.rectus lateralis)
- (n.intermedius)
- (ganglion geniculi)
- (n. canalis pterygoidei)
- (fissura petrotympanica)
Uzoqlashtiruvchi nerv
VI juft, uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens) (144-rasm) harakatlantiruvchi nerv. Uning yagona harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus n.abducentis) ko‘prikda joylashgan. Nerv miya asosidan ko‘prik bilan uzunchoq miyaning o‘rtasidagi egatdan chiqadi. Oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning lateral to‘g‘ri mushagini (m.rectus lateralis) innervatsiya qiladi. Yuz nervi YII juft, yuz nervi (n. facialis) (145-rasm) tarkibiga ikkita nerv: harakatlantiruvchi o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan xususiy yuz nervi va tarkibida sezuvchi, vegetativ tolalari bo‘lgan oraliq nerv (n.intermedius) kiradi. Yuz nervining sezuvchi (nucleus solitarius), harakatlantiruvchi (nucleus n. facialis) va parasimpatik (nucleus salivatorius superior) o‘zaklari miya ko‘prigi sohasida joylashgan. Miya asosidan nerv ko‘prikning orqa qirrasidan, olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig‘anoq nervi bilan ichki eshituv yo‘liga kiradi. Chakka suyagining piramidasi ichida o‘z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichida nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi (geniculum n. facialis) va tizzacha tugunini (ganglion geniculi) hosil qiladi. Tizzacha tuguni sohta unipolyar hujayralardan iborat bo‘lib, oraliq nervning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz nervi kanali ichida nervdan quyidagi shoxlar chiqadi: 1.Katta tosh nervi (n. petrosus major) parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, kanaldan o‘z nomidagi tirqish orqali piramidaning oldingi yuzasiga, bu yerdan o‘z nomidagi egatda yo‘nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Nerv simpatik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal nervi (n. canalis pterygoidei) nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo‘shiladi. 2.Nog‘ora tori nervi (chorda tympani) parasimpatik va sezuvchi tolalari bo‘lib, sezuvchi tolalar tizzachali tugun sohta unipolyar hujayra o’simtalaridan iborat. Uning periferik qismi tilning oldingi uchdan ikki qismi va yumshoq tanglayda joylashgan tam bilish retseptorlarini hosil qiladi. Nerv kanal ichidan canaliculi chordae tympani orqali o‘rta quloq bo‘lig‘iga o‘tadi. Nog‘ora bo‘shlig‘idan toshsimon-nog‘ora tirqishi (fissura petrotympanica) orqali chiqib til nerviga qo‘shiladi. 3.Uzangi nervi (n. stapedius) harakatlantiruvchi shox bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi. Yuz nervi bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin quyidagi harakatlantiruvchi shoxlarini beradi: Download 40.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling