Bosh miya nervlari
Download 1.45 Mb.
|
BOSH MIYA NERVLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 107-rasm. Kichik miya tuzilishining sxemasi
- Miyachaning nerv to-lalari
106-rasm. Kichik miya po’stlog’ining gistologik tuzilishi (Kulchiskiy bo’yicha);
a-molekulyar; б-ganglioz va в-donador qavatlar. Miyachaning hujayralari. Noksimon nevrotsitlar (107 -rasm) miyachaning eng yirik hujayralari bo`lib, ularning oq moddaga qara-gan qutbidan chiqadigan neyrit miyacha oq mod-dasidagi yadrolardan birida tamom bo`ladi. Ulardan molekulyar qavatga tomon kuchli tar-moqlanuvchi ikkita dendrit ajraladi. Neyritlar hujayra tanasidan biroz uzoqlash-gach, yon shoxchalar hosil qiladi. Bu yon shoxchalar orqaga tomon qaytib molekulyar qavatda tar-moqlanadi va qo`shni nok-simon nevrotsitlar bilan sinapslar holida tutashadi. Molekulyar qavatda mayda, noto`g`ri ko`pbur-chak shaklidagi savatchali nevrotsitlar tarqoq holda joylashadi. Ularning dend-ritlari nisbatan uzun, kam tarmoqlanadi, neyritlari esa yanada uzun va ko`plab yon shoxchalar ajratadi. Ana shu yon shoxchalar noksimon nevrotsitlar atrofida nerv tolalaridan iborat xarakterli strukturalar - savatchalar hosil qiladi. Bu qavatda katta va kichik yulduzsimon nevrotsitlar ham bo`lib, har uchala xil hujayralar noksimon hujayralarga tormozlovchi impulslarni etkazuvchi assotsiativ nevrotsitlardir. Donador qavatning asosiy hujayra elementlari dona-hujayralar kam miqdordagi sitoplazma va kuchli bo`yaluvchi o`zakka ega. Ularning neyriti molkulyar qavatda T-simon tarmoqlanadi, uch-to`rt dendritlari esa qush panjasisimon tarmoqlanadi. Bevosita noksimon nevrotsitlar ostida donador qavatning yirik dona-hujayralari joylashadi. Bu hujayralarning dendritlari molekulyar qavatda, neyritlari shu qavatning hujayralari orasida tarmoqlanadi.
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling